Nima tayyorlaymiz: har kunlik issiq taomlar ro’yxati
Zira uz hatto og’ir ish kunidan keyin ham tayyorlasa bo’ladigan oddiy issiq taomlar ro’yxatini taqdim etadi.
Beyti kebab
Beyti kebab — o’zining ko’rinishi bilan ishtahani qitiqlaydigan, bir mata ta’tib ko’rgandan so’ng undan yana va yana iste’mol qilging kelaveradigan turkcha taomlardan biridir.
Pomidorli qaylada pishirilgan tovuqli spagetti
Italyancha taomlarni xush ko’ruvchilar uchun quyuq pomidorli qaylada pishirilgan tovuqli spagetti retseptini taqdim etamiz.
Osiyocha usulda pishirilgan go’sht va brokollili taom
Bunday usulda pishirilgan taom go’shti yumshoq, ta’mi ham ajoyib, brokkoli karami esa qarsildoq bo’lib, barcha vitaminlarini saqlab qoladi.
Tovuq go’shtidan qilingan lo’la kabob
Tovuq filesidan tayyorlangan xushbo’y va mazali lo’la kaboblar — juda oson tayyorlaniladigan taom bo’lib, hatto pazandachilikdan umuman xabari yo’q insonlar ham uni bemalol tayyorlay oladilar.
Pomidor va tunets balig’idan tayyorlangan pasta
Ajoyib, ishtahaochar tomat sousida pishgan,tunets balig’idan tayyorlangan italyan pastasi retsepti.
Kunjutga belab pishirilgan tovuq go’shti
Kunjutga belab pishirilgan mana bunday tovuqli taom nafaqat dasturxoningizga ko’rk bag’ishlaydi, balki eng sevimli taomlaringizdan biriga ham aylanishi aniq.