Videoretsept: qiymali turkcha pide
Masalliqlar:
-
xamiri uchun
-
200 millilitr iliq sut
-
2 choy qoshiq shakar
-
5 gramm quruq xamirturush
-
1 choy qoshiq tuz
-
50 gramm maselkadan "Konditer premium" margarini
-
350 gramm un
-
asosi uchun
-
300 gramm mol go'shtidan qiyma
-
100 gramm piyoz
-
100 gramm bulg'or qalampiri
-
1 osh qoshiq pomidor pastasi
-
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
100 gramm pishloq
-
0,5 bog' shivit va kashnich
-
30 millilitr o'simlik yog'i
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
ustiga surtish uchun tuxum
Yo’nalishlar
Turkiyaning qayiq shakliga ega an’anaviy pitsasi. Asosi juda sersuv va xushbo’y, xamiri yumshoq va havodor.
Nonushta yoki choy ichish uchun ishtaha ochadigan ajoyib va mazali taom.
Ushbu qiziqarli taomni tayyorlashning turli xil usullari mavjud, ammo biz eng mashhurini ko’rib chiqamiz.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
xamiri uchun |
|
200 millilitr iliq sut | |
2 choy qoshiq shakar | |
5 gramm quruq xamirturush | |
1 choy qoshiq tuz | |
50 gramm maselkadan "Konditer premium" margarini | |
350 gramm un | |
asosi uchun |
|
300 gramm mol go'shtidan qiyma | |
100 gramm piyoz | |
100 gramm bulg'or qalampiri | |
1 osh qoshiq pomidor pastasi | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
100 gramm pishloq | |
0,5 bog' shivit va kashnich | |
30 millilitr o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
ustiga surtish uchun tuxum |
Xamir tayyorlaymiz:
Iliq sutga tuz, shakar va xamirturush solib, aralashtiramiz. Eritilgan margarin solib, yana aralashtiramiz.
Un solib, yumshoq xamir qoramiz. Xamirni 1 soatga issiq joyga olib qo'yamiz.
Asosini tayyorlaymiz:
Piyozni mayda to'rtburchak shaklida to'g'rab, o'simlik yog'ida shaffof tusga kirgunicha qovuramiz. Qiyma solib, o'rtacha olovda 4-5 daqiqa qovuramiz.
To'rtburchak shaklida to'g'ralgan bulg'or qalampiri, pomidor pastasi va sarimsoq piyozni solib, aralashtiramiz va 2-3 daqiqa qovuramiz. Tuz va murch sepamiz. Oxirida maydalangan ko'katlarni solib, aralashtiramiz va olovdan olamiz.
Ozroq sovutamiz.
Xamirni 2 ga bo'lib, har birini 3 mm qalinlikda yoyamiz.
Xamir yonlarini ichiga qaratib, ozroq o'rab, qayiqcha hosil qilamiz. Qayiqchani pergement qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.
Xamir ustiga qiymani solib, ustidan qirg'ichdan o'tkazilgan pishloqni sepamiz. Yonlariga ko'pirtirilgan tuxum surtamiz va 190 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 20-25 daqiqaga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
xamiri uchun |
|
200 millilitr iliq sut | |
2 choy qoshiq shakar | |
5 gramm quruq xamirturush | |
1 choy qoshiq tuz | |
50 gramm maselkadan "Konditer premium" margarini | |
350 gramm un | |
asosi uchun |
|
300 gramm mol go'shtidan qiyma | |
100 gramm piyoz | |
100 gramm bulg'or qalampiri | |
1 osh qoshiq pomidor pastasi | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
100 gramm pishloq | |
0,5 bog' shivit va kashnich | |
30 millilitr o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
ustiga surtish uchun tuxum |