Peshtaxtadagi qiziqarli mahsulotlar: Danfordan tvorogli pishloq
Mahalliy Master Syrovar brendidan yangilik: Danfor tvorogli pishlog’i. Biz uni sotib oldik, sinab ko’rdik va endi sizga uning ta’mi va xususiyatlari haqida gapirib beramiz.
Taassurotlarimiz bilan o’rtoqlashamiz
Bizga butun Danfor pishloqlari yoqadi, shuning uchun undan yangilikni sotib olish haqida hatto to’g’risida o’ylab ham o’tirmadik. Oldik – va pushaymon emasmiz. Danfor bizga tanish bo’lgan tvorogli pishloqlardan farq qiladi va dastlab biz hatto hayratda qoldik: ko’rinishidan u suyultirilga pishloqqa ham o’xshaydi, shuning uchun ko’rgan odam uni tuzli ta’mga ega bo’lgan yopishqoq, deb taxmin qiladi. Ammo yo’q: bu pishloqning ta’mi qiziqarli, neytral va umuman yopishqoq emas. Danfor tvorogli pishlog’ini shirinliklar va krem uchun ishlatilish mumkin.
Qadoqi
Pishloq 250 grammlik plastik stakanga qadoqlangan. Shaffof qopqoq ostida ochishga qulay bo’lgan himoya qopqog’i mavjud.
Pishloq idishchalari yoqimli ko’rinadi va o’zining yorqin ranglar bilan e’tiborni tortadi. Qadoqning ustiga ushbu pishloqdan tayyorlanishi mumkin bo’lgan chizkeyk rasmi tushurilgan.
Ta’mi
Tvorogli pishloq ta’mini eslang. Endi esa eritilgan pishloq ta’mini eslang. Endi siz ushbu ta’mlarni aralashtirsangiz nima bo’lishini tasavvur qilishga harakat qiling.
Danfor eritilganm pishloqning qaymoqli ta’mi tvorogning ozgina nordonligi bilan uyg’unlashgan – pishloq yaratdi. Yengil, neytral ta’mga ega yoqimsiz yog’li ta’msiz pishloq bizga yoqdi.
Va pishloq xushtam ko’rinadi: shakli yaxshi, qalin, porloq, yoqimli sutli krem rangiga ega. Dastlab, biz bu shirinliklar tayyorlash uchun mos kelishiga shubha qildik, lekin ta’tib ko’rgach,mos kelishiga amin bo’ldik. Agar siz chet ellik ishlab chiqaruvchilardan tvorogli pishloqini topa olmasangiz, bizning mahalliy mahsulotimizni hech ikkilanmasda xarid qiling.
Tarkibi
Tarkibi bizni mamnun qildi: tvorog, qaymoq, sariyog ‘, stabilizator. Boshqa hech qadyaq ortiqcha narsa yo’q.
100 gramm uchun energiya qiymati: 318 kkal, 14,7 gramm oqsillar, 28,8 gramm yog ‘.