Kitkat Senses Rose Gold Edition shokoladlari
Qalblarni zabt etishni va’da qilayotgan yangi Kitkat shokoladi haqida batafsil.
KitKat Senses dan yangi yoqimli shokoladli syurpriz har qanday sovg’ani mukammal ravishda to’ldiradi. Qolaversa uning marmar naqshlari va ajoyib dizayni Instagramda ajoyib ko’rinadi.
Qadoq
Sanog’i cheklangan KitKat Senses Rose Gold Edition – ko’rkam pushti rangda qadoqlangan. Oq va pushti rangli shokolad uyg’unligi, qulupnayni ajoyib ta’mi va KitKatning mashhur qarsildoq vaflilari bu safar bahoriy gullar rangida.
Ta’mi
Oq va pushti shokoladning yuqori qatlami qulupnay va oq shokoladning yoqimli va juda mazali ta’miga ega. Qulupnayli qismida, haqiqiy, yangi qulupnayda uchraydigan yengil nordonlk ham mavjud. Bu nordonlik oq shokoladning shirinligini yengillashtiradi. Pastki qatlam – bu ko’pchilik tomonidan sevilib ulgurgan, kakao ta’mi bo’lmagan sutli shokolad. Uning ichida Kitkatni mashhur qilgan sevimli qarsildoq vaflilar.
Tarkibi
Shakar, kakao moyi, bug’doy uni (tarkibida glyuten bor), maxsus yog’ (palma yog’i, emulsifikator (kungaboqar lesitin)), yog’sizlantirilgan quruq sut, tarkibida kam yog’li kakao kukuni, zardob suti kukuni, emulsifikatorlar (letsitin, E476), sut yog ‘, kam yog’li kakao kukuni, tabiiy xushbo’ylantiruvchi vositalar, unni qayta ishlash vositasi (kaltsiy sulfat), tuz, lavlagi ekstrakti, pishirish kukuni (natriy bikarbonat). Mahsulot tarkibida oq shokolad – 49,6%, sutli shokolad – 19,5%, vafli – 11,4%. Oq shokolad massasida: quruq kakao qoldig’i – kamida 20%. Sutli shokolad massasida: kakaoning quruq umumiy qoldig’i – 25%, kam yog’li kakao qoldig’i – kamida 2,5%, quruq sut qoldig’i – 12%, sut yog’i – kamida 2,5%.
Qayerdan xarid qilish mumkin va narxi
Kitkat Senses Rose Gold Edition shokoladini savdo shaxobchalaridan sotib olishingiz mumkin. Batoncha- 4 500 so’m, plitka – 13 000 so’m.