Festif shokoladi haqida ma’lumot
Zira.uz loyihasi Toshkentdagi supermarketlardagi yangi mahsulotlar bilan tanishtirishda davom etadi. Bugungi mavzumizning qahramoni Mavis savdo belgisi ostidagi Festif – shokoladi.
O’zimizning taasurotlarimiz bilan bo’lishamiz:
Ta’mi
Biz ta’tib ko’rish uchun ikki xildagisidan sotib oldik: mayizli va fundukli. Sutli shokolad ta’tib ko’rilganda shirin bo’lib, me’daga tegmaydi. Funduk va mayiz shokoladni tarkibiga butunligicha qo’shilgan.
Qadog’i
Shokoladli plitkalar har xil rangdagi qalin qog’ozda qadoqlanilgan bo’lib, hammasining ta’mi har xil bo’lib, ustida shokolad ichidagi asosning asl vatani ifodalangan. Shokoladning old qismi biroz ochiq joy bo’lib, u yerdan shokoladning ichi ko’rinib turadi.
Turlari
Festif shokoladining 8 xil turi bo’lib, bular: xandon pistali, fundukli, sutli, turshakli, qora, mayizli, bodomli va achchiq shokoladlar.
Tarkibi
Shakar, uvalangan kakao, kakao yog’i, yog’sizlantirilgan quruq sut, emulgator (soya letsitini), xushbo’ylik moddasi «vanilin», maydalangan turshak. Tarkibidagi kakao mahsulotlari miqdori 40% dan kam emas.
100 gramm mahsulot quyidagilarni o’zida saqlaydi: 30 gramm yog’lar, gramm oqsillar, 57,32 gramm uglevodlar.
Energetik qiymati: – 549 kKal.
Qanday va qancha muddatda saqlash kerak
Sovutgichda 6 oydan ortiq saqlamaslik maqsadga muvofiqdir.
Narxi
Makro supermarketida bu mahsulot 7990 so’m turadi*.
Xulosa
Shokoladni bemalol choy bilan iste’mol qilsa bo’ladi. Ichidagi asoslar butunligicha solingani juda yoqdi. Chiroyli qadoqlanganligi sababli ham bu shokoladni biron kishiga sovg’a sifatida taqdim qilsa ham bo’ladi.
*Mahsulotning narxi ma’lumot berilgan vaqtdagina amal qilinadi.