Har kunlik issiq ovqatlar jamlanmasi
«Gazeta.uz » va «Zira.uz» hamkorlikda hozirgi mavsumda tayyorlash mumkin bo’lgan issiq ovqatlar retseptini taqdim etadi.
Har bir uy bekasi oilasini tez tayyorlanadigan va mazali kechki ovqat bilan xursand qilishni xohlaydi.
Biz taqdim etayotgan ro’yxatdagi taomlar nafaqat to’yimli, balki tayyorlanishi ham oson. Ularni hatto og’ir ish kunidan keyin ham bemalol tayyorlashingiz mumkin.
Tovuqli lo’la-kabob
Tovuqdan tayyorlangan xushbo’y va mazali lo’la-kabob oddiy va oson tayyorlanadigan taomdir. Ko’p qiyinchiliklarsiz – bir necha daqiqada stolingizda chiroyli kechki ovqat sifatida paydo bo’ladi.
Pomidor va tunets balig’idan tayyorlangan pasta
Italyancha ajoyib pomidorli qaylada tunets balig’idan pishirilgan pasta sizga takrorlanmas ta’mni taqdim etishi aniq. Qaylali makaronlar odatda tez va oson tayyorlanadi, shuning uchun har kunlik kechki ovqat uchun bunday taom ayni muddaodir.
Osiyo uslubidagi brokkoli bilan pishirilgan mol go’shti
Go’sht yumshoq, shirin-nordon ta’mda pishadi. Karam esa o’z ta’mi va vitaminlarini saqlab qoladi. Taomni tayyorlash qiyinchilik tug’dirmaydi, uning pishish jarayoni esa atigi 7 daqiqani tashkil etadi.
Beyti kebab
Beyti kebab – turk oshxonasiga mansub bo’lib, u o’zining mazali ko’rinishi bilan hech kimning e’tiboridan chetda qolmaydi.
Kunjutga belab pishirilgan tovuq go’shti
Taomga oddiy va kam miqdordagi masalliqlar ketishiga qaramay, u juda mazali, eng asosiysi esa juda ishtahaochar bo’lib pishadi.
Rangdor gulmohi balig’idan steyk
Biz sizga tez va mazali tayyor bo’ladigan baliq retseptini taqdim etamiz. Baliqli steyk – kechki ovqat uchun eng to’g’ri va foydali taom.
Yangidan-yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.