fbpx
Karamelli muss

Karamelli muss

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Haddan ziyod mayin va yoqimli ta’mli bunday muss hech kimni befarq qoldirmaydi. Bunday muss oddiy mahsulotlardan tayyorlanib, ortiqcha vaqt va mablag’ talab qilmaydi.Shuningdek karamelli mussni tortga xuddi kremdek ishlatish yoki o’zini desert sifatida tortish ham mumkin.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 16 000 so’m pul sarflanadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

12 gramm jelatin
350 gramm quyultirilgan sut
2 ta tuxum oqi
4 ta tuxum sarig'i
100 gramm shakar
30 millilitr suv
300 millilitr yog'li qaymoq
Qadam 1
Tugallandi

Jelatinni suvga ivitib qo'yamiz.

Qaynatilgan quyultirilgan sutni esa qozonchaga quyib, gazga qo'yamiz va o'rtacha olovda qizdirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Jelatinni ham gazda eritib olib, quyultirilgan sut ustidan solamiz va aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxum sarig'ini esa suv bug'iga qo'yamiz va past olovda mikserda yaxshilab ko'pirtiramiz. Bunda tuxum sarig'i shishib, oqarishi lozim.

Muhim: lekin tuxumni haddan ziyod ko'pirtirmang, natijada ko'pigi o'tirib qolishi mumkin.

Qadam 4
Tugallandi

Qiyomini tayyorlaymiz

80 gramm shakar va 20 millilitr suvni aralashtirib olamiz va gazga qo'yamiz. Qaynash boshlagandan so'ng gazdan olib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tuxum oqini yaxshilab ko'pirtirib, ustidan qiyomni oz-ozdan quyamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Quyultirilgan sut, tuxum oqi va sarig'ini birlashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qaymoqni alohida idishga quyib, mikserda ko'pirtirib olamiz va tuxumli aralashmaga qo'shamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Hammasini aralashtirib, qoliplarga quyib chiqamiz.

Qadam 9
Tugallandi

2-3 soatga sovutgichga olib qo'yamiz. So'ng esa qirilgan shokolad va yalpiz yaproqchalari bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

12 gramm jelatin
350 gramm quyultirilgan sut
2 ta tuxum oqi
4 ta tuxum sarig'i
100 gramm shakar
30 millilitr suv
300 millilitr yog'li qaymoq
oldingi
Batafsil fotoretsept: «Bounty» torti
keyingi
Videoretsept: Kartoshkali qovurilgan pirojkalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.