Oshirma xamirdan tayyorlangan mak, yong’oq va mayizli rulet

Oshirma xamirdan tayyorlangan mak, yong’oq va mayizli rulet

Masalliqlar:

  • Xamirturushli aralashma(opara)siga:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Oshirma xamirdan tayyorlaniladigan juda mazali bunday rulet uyingizga iliqlik va yaxshi kayfiyat olib kiradi!

Bunday pishiriqning uzoq muddatgacha saqlanishi esa ancha qulaydir.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan  45 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamirturushli aralashma(opara)siga:
1 litr iliq sut
22 gramm quruq xamirturush
2 osh qoshiq shakar
2 osh qoshiq un
Xamiriga:
1.8-2 kilo un
400 gramm shakar
2 osh qoshiq vanil shakari
250 gramm sariyog'
4 ta tuxum
1 osh qoshiq tuz
200 gramm mak
Asosiga:
200 gramm yong'oq
200 gramm mayiz
1 dona tuxum oqi
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
Qadam 1
Tugllandi

Avvalambor xamirturushli aralashmasini tayyorlab olamiz. Buning uchun iliq sutga xamirturush, shakar va unni solib, aralashtirib olamiz.

Ustini yopib, ko'tarilishi uchun 15-20 daqiqa iliq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Tog'orachaga unni elab solamiz, shakar, tuz, vanil shakarini solamiz va aralashtirib olamiz.

O'rtasiga xamirturushli aralashmani quyamiz, tuxumlarni chaqib solamiz va yumshagan sariyog'ni ham qo'shamiz.

Aralashtirib, yumshoqina xamir qorib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Xamirni uzoqroq, taxminan 7 daqiqa aralashtirib qoramiz. Shunda u yomshoq va qo'lga yopishmaydigan bo'lib qoladi.

So'ng xamirni kattaroq idishga solib, ustini yopamiz va ko'tarilishi uchun 1.5-2 soatga iliq joyga olib qo'yamiz.

Tavsiya! Agarda sizda elektr pech mavjud bo'lsa, unda uni 40 C darajaga yoqib, xamirni idishi bilan ichiga solib qo'ying, bu yerda xamir ko'nglingizdagidek ko'tariladi.

Qadam 4
Tugllandi

Mak ustidan qaynoq suv quyamiz, qopqog'ini yopib, soviguniga qadar qoldiramiz. To'rli suzgich yoki doka ro'molga solib, makni solamiz va suvini quyib tashlaymiz.

Ustidan tuxum oqini solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Mayizni ustidan qaynoq suvni quyamiz. 10 daqiqaga qoldiramiz. So'ng suvini to'kib tashlab, mayizlarni qog'oz sochiq ustidan terib chiqamiz.

Yong'oqlarni kattaroq qilib maydalab olamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Oshgan xamirni mushtlab, teng uch qismga bo'lamiz. Har birini 30x35 sm kattalikda yoyib olamiz. Chetlaridan 1 sm dan joy qoldirib, makdan sepib chiqamiz.

Yong'oq va mayizni sepib, ruletsimon shaklda o'rab chiqamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Ruletlarni pech patnisiga terib, ustini sochiq bilan yopib, ruletlar ikki barobar ko'tarilgunga qadar qoldiramiz.

Qadam 8
Tugllandi

Bitta tuxum sarig'iga bir osh qoshiq sut solib, aralashtirib olamiz va ruletlar ustidan surtib chiqamiz.

180 C darajada qizigan pechda 40 daqiqa davomida yoki usti qizarib pishguniga qadar pishirib olamiz.

Qadam 9
Tugllandi

Muhim! Pishgan ruletlar ustidan suv sepib, sochiq bilan yopamiz va 1-1.5 soatga qoldiramiz.

Butkul sovigan ruletlarni kesib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamirturushli aralashma(opara)siga:
1 litr iliq sut
22 gramm quruq xamirturush
2 osh qoshiq shakar
2 osh qoshiq un
Xamiriga:
1.8-2 kilo un
400 gramm shakar
2 osh qoshiq vanil shakari
250 gramm sariyog'
4 ta tuxum
1 osh qoshiq tuz
200 gramm mak
Asosiga:
200 gramm yong'oq
200 gramm mayiz
1 dona tuxum oqi
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
oldingi
Karamelli olmali pirog
keyingi
Qaymoqli qaylada pishirilgan tovuq va brokkolili taom

Fikringiz