Videoretsept: Shokoladli muss
Masalliqlar:
-
Krem (pastry cream)
-
250 millilitr sut
-
1-2 choy qoshiq kakao kukuni
-
3 ta tuxum sarig'i
-
50 gramm shakar
-
20 gramm makkajo'xori kraxmali
-
Shokoladli merenga
-
3 ta tuxum oqi
-
50 gramm shakar upasi
-
150 gramm qora shokolad
-
2 tomchi limon sharbati
-
bir chimdim tuz
-
200 millilitr yog'li qaymoq
Yo’nalishlar
Bu safar faqat o’zimizni shirinliklar bilan siylashga nima deysiz? Sizda ko’nglizdagidek retsept yo’qmi? Unday bo’lsa, yumshoq va ajoyib shokoladli muss videoretsepti sizlar uchun.
Yangi yil dasturxoniga albatta tayyorlab ko’ring – ishoning, bundanda ortig’i bo’lmaydi.
Masalliqlar:
Krem (pastry cream) |
|
250 millilitr sut | |
1-2 choy qoshiq kakao kukuni | |
3 ta tuxum sarig'i | |
50 gramm shakar | |
20 gramm makkajo'xori kraxmali | |
Shokoladli merenga |
|
3 ta tuxum oqi | |
50 gramm shakar upasi | |
150 gramm qora shokolad | |
2 tomchi limon sharbati | |
bir chimdim tuz | |
200 millilitr yog'li qaymoq |
Tovaga sut solib, kakao bilan qaynash darajasiga keltiriladi va so'ng chetga olinadi.
Tuxum sarig'i shakar va kraxmal bilan yaxshilab ko'pirtiriladi.
Ustidan sutli aralashma oz-ozdan quyiladi va aralashtiriladi.
Hammasi tova bilan gaz ustiga qo'yiladi va qaynatiladi.
Krem quyuqlasha boshlaydi. Birinchi ko'pikchalar ko'ringanda gazdan olinadi.
Krem biron bir idishga olib sovutiladi va usti yelim qog'oz bilan yopiladi va kamida bir soatga sovutgichga qo'yiladi.
Tuxum oqi shakar upasi, tuz va limon sharbati bilan yaxshilab ko'pirtiriladi.
Shokolad mikroto'lqinli pechda yoki suv bug'ida eritiladi.
Yog'li qaymoq yaxshilab ko'pirtiriladi.
Sovutgichdan sutli krem olinadi va eritilgan shokolad bilan aralashtiriladi.
So'ng ustidan ko'pirtirilgan tuxum oqi solinadi va ohista aralashtiriladi.
Eng oxirida ko'pirtirilgan qaymoq solinadi va aralashtiriladi.
Maxsus qadahlarga quyiladi va 2-4 soatga sovutgichga qo'yiladi.
Yangi yil dasturxoningizda mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Krem (pastry cream) |
|
250 millilitr sut | |
1-2 choy qoshiq kakao kukuni | |
3 ta tuxum sarig'i | |
50 gramm shakar | |
20 gramm makkajo'xori kraxmali | |
Shokoladli merenga |
|
3 ta tuxum oqi | |
50 gramm shakar upasi | |
150 gramm qora shokolad | |
2 tomchi limon sharbati | |
bir chimdim tuz | |
200 millilitr yog'li qaymoq |