Oy uchun foydali mahsulotlar: Dekabr
Dekabr oyida e’tiborimizni asosan qaysi mahsulotlarga qaratish lozimligi haqida ma’lumot berib o’tamiz.
Qish — bu qor, archa, mandarinlar va Yangi Yildir. Bozorlarda esa uy va archalarni bezatishga mo’ljallangan bezaklar o’zining husn-tarovati bilan dillarni quvontiradi. Bizlar esa bu oyda qanday mahsulotlardan xarid qilish kerakligi haqida gapirib beramiz.
Limon
O’zimizda ishlab chiqarilgan xushbo’y limonlar allaqachon sotuvga chiqqan. Hozir ular o’zida ko’p miqdorda А, В, Р, С guruh vitaminlarini, aminakislotalarni, organik kislotalarni, ishqorlar va tuzlarni saqlaydi. Limon ateroskleroz kasalligida yordam beradi, 12 xil bakteriyalar bilan kurashishga qodir ekan.
Shunisi qiziqki, nordon limon oshqozon kislotaliligini pasaytirar ekan. Shuningdek u jigar faoliyatini yaxshilab, chanqoqni ham qondirar ekan. Limondan allergiyaga moyilligi borlarga, homilador, emizuvchi ayollarga, oshqozon-ichak xastaligidan aziyat chekuvchilar va sariq kasalligiga chalinganlarga iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
100 gramm limonning kaloriyasi: 29 kKal.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin:
- Korzinka.uz tarmoqlaridagi supermarketlarda uning kilosi 11 990 dan 15 590 so’mgacha turadi;
- Bo’z bozorda esa ular 12 000 dan 15 000 so’mgacha turadi;
- Kadisheva bozoridan esa kilosini 10 000 dan 18 000 so’mgacha narxda xarid qilish mumkin.
Mandarin
Eng qishbop meva bu shubhasiz mandarindir. Uni po’stidan archganda esa butubn xonani Yangi Yil ifori chulg’ab oladi. Bu parhezbop meva ishtahani ochib, organizmni kerakli organik kislotalar va vitaminlar bilan ta’minlaydi. Mandarin ham mikroblarga qarshi kurashish xususiyatiga ega bo’lib, shamollash vaqtida undan iste’mol qilish yaxshi samara beradi. Shuningdek mandarinlar chanqoqni qondirish xususiyatiga ega. Undagi oqsillar esa organizmda yaxshi hazm qilinadi.
Mandarinni allergiyasi bor insonlarga, oshqozon kislotasi oshgan insonlarga ham iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. Gepatit, nefrit va xolesistitda ham undan iste’mol qilish ta’qiqlanadi.
100 gramm mandarinning energetik qiymati: 53 kKal.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin:
- Korzinka.uz tarmoqlaridagi supermarketlarda uning kilosi 16 290 dan 27 590 so’mgacha turadi;
- Bo’z bozorda esa ular 14 000 dan 20 000 so’mgacha turadi;
- Kadisheva bozoridan esa kilosini 12 000 dan 18 000 so’mgacha narxda xarid qilish mumkin.
- Arba.uz internet do’konidan esa 10 990 dan 18 990 so’mgacha narxda xarid qilish mumkin.
Greypfrut
Biz xush ko’radigan yana bir sitrus meva bu albatta greypfrutdir. Agar uni limon va mandarin bilan qiyoslasak, vitamin C ni saqlash bo’yicha u ikkovidan ham o’zib ketadi. Uning tarkibidagi efir moylari esa bakteriya va mikroblarni parchalab, shamollashda tuzalishni tezlashtiradi.
Uning asosiy zararli tomoni shundaki, greypfrut ba’zi bir dorilarning ta’sirini yo’qotadi. Undan haddan ziyod iste’mol qilish mumkin emas, aks holda u jigarga zarar yetkazib, tish emaliga ham zarar keltiradi.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin:
- Korzinka.uz tarmoqlaridagi supermarketlarda uning kilosi 22 490 so’m narxda turadi;
- Arba.uz internet do’konidan esa donasini 14 090 so’m narxda xarid qilish mumkin.
Rozmarin
Bu xushbo’y ko’kat taomlar va ichimliklarga o’zgacha ta’m bag’ishlash uchun kerak bo’ladi. Ayniqsa rozmarin qo’y go’shti va kartoshkali taomga o’zgacha ta’m beradi. Agarda Yangi Yilda qo’y go’shtidan pishirmoqchi bo’lsangiz, unda rozmarindan qo’shishni unutmang. Rozmarin xotira, kayfiyat va bo’g’imlar faoliyatini yaxshilaydi.
Agarda siz buyrakingizda muammolar bo’lsa, unda rozmarindan ko’p miqdorda iste’mol qilish mumkin emas. Bundan tashqari u qon bosimini oshirishi ham mumkin.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin:
- Korzinka.uz tarmoqlaridagi supermarketlarda uning bir bog’i 600 so’m narxda turadi;
Kakao
Kakao kukunidan tayyorlanilgan ichimlik antidepressant hisoblanib, yurak-tomir va asab tizimlarini mustahkamlashga yordam beradi, bronxial astmada ham foydali hisoblaniladi, ishchanlikni oshiradi. Ko’p miqdorda kakaoini o’zida saqlovchi achchiq shokoladdan bir kunda ikkta bo’lakchasi iste’mol qilinsa, ko’tarilgan qon bosim me’yorlashadi.
Kakaoni uyqudan oldin, oshqozon-ichak kasalliklarida ichish tavsiya qilinmaydi. Qandli diabetga chalinganlar esa avvval shifokor bilan maslahatlashib, keyin iste’mol qilishlari kerak bo’ladi.
Kakaoning 100 grammi 374 kKalni tashkil qilib, 100 millilitr damlangan ichimlik esa 80 kKalni tashkil qilar ekan.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin:
- Korzinka.uz tarmoqlaridagi supermarketlarda u vazniga qarab, 3 390 dan 30 490 so’mgacha turadi;
- Bo’z bozorda esa ular 2 800 dan 20 500 so’mgacha turadi;
- Arba.uz internet do’konidan esa 2 790 dan 25 590 so’mgacha narxda xarid qilish mumkin.
Pishloq
Yana bir har qanday ob-havoda ham kayfiyatni ko’taruvchi mahsulot bu albatta pishloqdir. Pishloq o’zida ko’p miqdorda oqsillar, kalsiy, makro- va mikroelementlarni saqlab, asab tizimini mustahkamlaydi, stressdan xalos etadi, suyak, tomir va yurak faoliyatini yaxshilaydi.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin:
- Korzinka.uz tarmoqlaridagi supermarketlarda u vazniga qarab,4 990 dan 119 990 so’mgacha turadi;
- Bo’z bozorda esa ular 35 900 dan 135 900 so’mgacha turadi;
- Arba.uz internet do’konidan esa 5 290 dan 50 990 so’mgacha narxda xarid qilish mumkin.
Shokolad
Dunyodagi eng ommabop va sevimli desert bu shokolad bo’lib, uni kattalar-u bolalar bir xil yaxshi ko’rishadi.
Shokolad organizmga baxt garmonini ishlab chiqarishiga yordam berib, quvvat bag’ishlaydi, yurak va tomir faoliyatini me’yorlashtirib, modda lmashinuv jarayonini sekinlashtiradi va aynan shu sabab ham ozuvchilarga juda yoqadi. Shokoladni kunning birinchi yarmida iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
45% li shokolad 100 grammining energetik qiymati: 546 kKal.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin:
- Korzinka.uz tarmoqlaridagi supermarketlarda u ni 6 790 dan 21 590 so’mgacha turadi;
- Bo’z bozorda esa ular 4 500 dan 20 000 so’mgacha turadi;
- Arba.uz internet do’konidan esa 2 090 dan 19 090 so’mgacha narxda xarid qilish mumkin.
*Narxlar manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.