Nok to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Bozor rastalaridagi pushti, sariq va yashil rangdagi xushbo’y va g’arq pishgan noklar ohangrabodek kishini o’ziga tortadi.
Nokning foydali xususiyatlari
Qadimgi Gretsiyada noklarni «xudolar inoyati» deb atashgan. Bu sersuv mevalar juda foydali bo’lib, ular quyidagi kasalliklarda juda foydalidir:
- nok o’zida fruktozani saqlashi sabab ham uni oshqozon osti bezi kasalliklarida iste’mol qilish tavsiya qilinadi;
- nok o’zida kaliy moddasini saqlashi sabab yurakka ham yaxshi ta’sir o’tkazadi, yurak ritmini me’yorlashtiradi;
- nokdagi aminokislotalar stressga qarshi kurashishda yordam berib, organizmni mustahkamlaydi, viruslardan himoya qiladi;
- noklar ovqat hazm bo’lishi va moddalar almashinuvi jarayonini yaxshilaydi;
- kuch-quvvat bag’ishlab, charchoq va zo’riqishlardan xalos bo’lishga yordam beradi;
- foliy kislotasini saqlashi sabab ham, homilador ayollarga juda foydalidir.
Nokning zararli tomonlari nimada
Nokda ko’p kislota va biriktiruvchi to’qimalar mavjudligi sabab ham ba’zi bir insonlarga iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. Ularning hazm bo’lishi qiyinligi sabab ham ularni quyidagi holatlarda bir kunda faqat 1-2 dona iste’mol qilishga ruxsat etiladi:
- Oshqozon-ichak kasalliklarida;
- Ovqat yeb bo’lgandan so’ng 2-3 soatdan keyin;
- Suv yoki sut ichib bo’lgandan ancha keyinroq.
Oshqozon yarasidan aziyat chekuvchilarga nokni och qoringa iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Bir kunda nechtagacha nok iste’mol qilish mumkin
Barcha vitaminlarini qabul qilish uchun bir kunda 2-3 ta nokdan iste’mol qilish yetarlidir. Ammo hech qanday kasallik bilan og’raydigan sog’lom insonlar xohlaganicha nokdan yeyishi mumkin.
Nokning ozishdagi ahamiyati
Nokning kaloriyasi pastligi sabab ham, u ozishni xohlovchi insonlarga tavsiya qilinadi. Nokni ovqatdan 2-3 soatdan so’ng iste’mol qilsangiz, shirinligi sabab ham qorningizni uzoq muddatgacha to’q tutib turadi.
Nokning 100 grammi 43 kKalni tashkilbqilib, 0.4 grammini oqsillar, 0.3 grammini yog’lar va 10.9 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Nokni to’g’ri tanlash va saqlash
Shirin va mazali nok tanlash uchun quyidagilarga ahamiyat qarating:
- hidi: yaxshi pishgan nok xushbo’y isda bo’ladi;
- to’q rangli dog’lar: nokda bunday dog’lar bo’lsa, bu ularning pishib ketganligidan belgi beradi;
- po’sti: u mustahkam, hech qanday yoriqlarsiz bo’lishi shart.
Noklarni sovutgichda saqlash kerak. Ularni savatcha yoki qog’oz sochiq ustiga terib, sovutgichda saqlang.
Nokning pazandachilikdagi o’rni
Nokdan pazandachilik sohasida juda keng foydalanishadi. Quyida nok bilan tayyorlanilgan eng sevimli retseptlarimiz keltirilgan:
Tatin – deb, nok mevalari avval karamelda qovurilib, so’ng xamirning ostida pishiriladigan pirogga aytiladi. Bu shirinlikning vatani Fransiya hisoblanadi.
Nok va yogurt qo’shib pishiriladigan bu pirog issiq choy bilan ichishga juda yaxshi! Bu pirog o’z navbatida juda yumshoq, mazali va noklar solinishi sabab ham, xushbo’y isli chiqadi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.