Sog’lom turmush tarzi: nimadan boshlash kerak
«Sog’lom turmush tarzi» – shu uch dona so’z hayotingizning ajralmas bo’lagiga aylanishi uchun nima qilish kerak? Kelinglar birgalikda javob izlaymiz.
Hammaga salom, mening ismim Anetta. Men ajoyib loyiha, Zira.uz da muharrir bo’lib ishlayman. Men sog’lom turmush tarzi bo’limini olib boraman. Mening maqsadim sog’lom turmush tarzi to’g’risida insonlarga ko’proq tushunchalar uyg’otishdir. Sog’lom turmush tarzi tushunchasi hayotimizning ko’p jabhalarida yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Men esa o’zimning kuzatishlarim, izlanishlarim va bu jabhada olgan bilimlarimni sizlar bilan bo’lishib boraman. Sog’lom turmush tushunchasi faqat ovqatlanish, sport va parhezdan iborat emas.
Siz bundan oldin bir necha marotaba sport bilan shug’ullanishga, ozishga, parhez tutishga yoki o’z taomnomangizni o’zgartirishga ahd qildingiz. Xushbichim va o’zingizga bo’lgan ishonchni uyg’otmoqchisiz. Shu sababdan ham sog’lom turmush tarziga rioya qilmoqchisiz.
Ammo o’zingizga ko’p marotaba, ertadan, dushanbadan, yoinki yangi yildan boshlayman deb va’dalar berasiz. Ammo dushanba ham o’tadi, bizlar esa yangidan-yangi bohonalar va oqlashlarni o’ylab topaveramiz. Bola-chaqa, ro’zg’or, uy ishlari desak, ba’zilar shug’ullanish zalining yoqmaganligi, yoki kerakli sport kiyimi yo’qligini pesh qiladi.
Menimcha sog’lom turmush tarzi to’g’risida siz oz bo’lsada tushunchaga egasiz. Men bu maqolam bilan Amerikani kashf etaman demoqchi emasman, ammo bunga eng birinchi qadamni tashlay olishlaringizga yordam beraman va buni birgalikda uddalashimizga ishonaman.
Sizga bu nima uchun kerak aniqlashtirib oling
Sog’lom turmush tarziga rioya qilish siz o’ylaganchalik oson ish emas. Chunki sog’lomlik bu ko’p narsalarga bog’liq: genetika, kun tartibi, ovqatlanish tartibi, atrof-muhit. Bizlar genetikadan tashqari qolganlariga o’z ta’sirimizni o’tkazishga qodirmiz.
Nima uchun ozmoqchisiz avval oydinlashtirib oling. Хohlagan kiyimlaringiz yarashmayaptimi yoki o’zingizga bo’lgan ishonchsizlikdan charchadingizmi? Semizlikdan nafas olishga ham qiynaliyapsizmi? Oynaga qarashdan uyalasiz va bunga barham bermoqchimisiz?
Quyidagi 4 ta savolga javob berib ko’ring:
- Bunga amal qilmasam nima bo’ladi?
- Buni qilmasam nimani yo’qotaman?
- Buni qilmasam nimaga ega bo’laman?
- Buni qilmasam, nimani yo’qotaman?
Bu savollarning har biriga bir nechtadan javob topishingiz aniq. Shuni eslab qoling: biron ishni boshlash uchun hech qachon kech emas.
O’zingizni sinab ko’ring
Sog’lom turmush tarziga amal qilishni boshlash uchun avvalambor shifokor ko’rigidan o’ting. Biz aminmizki, har bir shifokor bu xohishingizni qo’llab quvvatlaydi.
Sog’lom turmush tarzining asosida baxtli va uzoq umrli hayot yotadi.
Shu sabab ham o’zingizga chetdan turib baho berinh, kuzating, xohish va ehtiyojlaringizni yozib boring. Sizda o’zingiz bilan yaqindan tanishishga, uning nimalarga ehtiyojligiga va nafs tuyg’usidan sal bo’lsada holi bo’lish imkoni tug’iladi.
O’zingizni shunga to’g’ri tayyorlang
Sig’lom turmush tarziga o’tishni boshlar ekansiz, bu bir umrlik ekanligini, yarim yo’lda tashlab qo’yish mumkin emasligini anglashingiz kerak.
Bunday turmush tarziga o’tganingizdan so’ng ilk natijalarni darrov kutmang. Bir haftadan so’ng darrov bunga erishmaysiz. Buning uchun bunday yangi odatlar siz uchun muntazam odatga aylansin.
O’zingizga yoqadigan sport turi bilan shug’ullaning: krossfit, fitnes, yoga, raqs, yugurish, basseyn va hokazo. Ularning soni shu darajada ko’pki, sizga to’g’ri kelmaydiganini topmaslikning iloji yo’q.
Toza ichimlik suvidan iste’mol qiling
Suv organizmdagi barcha jarayonlarning asosidir. Suvning foydali xususiyatlari haqida biz bu yerda batafsil ma’lumot berib o’tganmiz.
O’qish, o’rganish va yana o’rganish
STT sizning dushmaningizga aylanmasligi, hayot yo’lingizda eng yaqinhamrohingizga aylanishi uchun kerakli bilimlarga ega bo’lishingiz kerak.
Men birgalikda o’rganib, qo’ygan maqsadimizga erishishimizga ishonaman.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.