Qishga sabzavotli aralashmalarni muzlatib qo’yish
Muzlatilgan sabzavotlar qish faslida mazali taomlardan bahramand bo’lish uchun ajoyib yegulik sanaladi.
Muzlatish jarayonida sabzavotlardagi vitaminlar va minerallar saqlanib qolib, ta’mini ham o’zgartirmaydi. Paketga solingan sabzavotlarni muzlatgichdan olasiz va qozonga solasiz, qarabsizki mazali taom tayyor.
Avvalambor qanday sabzavotlarni muzlatish kerak aniqlashtirib olsak:
- Yashil loviya
- Brokkoli
- Qovoq
- Sabzi
- Qizil lavlagi
- Gulkaram
- Qovoqcha
- Bryussel karami
- Bulg’or qalampiri
- Pomidor
- Makkajo’xori
- Yashil no’xat
- Baqlajon
- Qo’ziqorin
Ko’pgina sabzavotlarni ishlatishdan avval qaynoq suvga bir solib olish, so’ng birdan sovuq suvga solish kerak. Masalan, qovoqcha, bryussel karami, yashil no’xat, makkajo’xori shunday toifaga kiradi.
Pomidor, brokkoli va qo’ziqorinni qaynoq suvga solish tavsiya qilinmaydi. Cherry pomidorlarini esa butunligicha muzlatish kerak. Bunda sanchiq yordamida bir nechta joyini tehsib qo’ysangiz, sovuqdan pomidorlar yorilib ketmaydi. Katta-katta pomidorlarni esa parrak qilib to’g’ramiz, yoki pyure qilib saqlab qo’yamiz.
Muhim! Sholg’om, turp va rediskani muzlatish kerak emas.
Sabzavotlarni alohida-alohida yoki aralshtrib muzlatib qo’yish mumkin.
Sizlarga oddiy, lekin uy bekalari uchun muhim bo’lgan, uyg’urcha lag’mon yoki sabzavotli ragu taomlariga solish mumkin bo’lgan sabzavotli aralashma tayyorlab olamiz.
Uyg’urcha lag’monga quyidagi masalliqlar kerak bo’ladi:
- qizil bulg’or qalampiri – 1 kilo
- yashil bulg’or qalampiri – 500 gramm
- jandiq – 3 bog’
- selderey – 2 bog’
- pomidor (ta’bga qarab) – 1 kilo
Tayyorlanilishi:
1. Barcha sabzavotlarni yuvib, tozalab va quritib olamiz.
2. Barchasini to’rtburchak qilib to’g’rab olamiz.
3. Sabzavotlarni hammasini bitta tog’oraga solib aralashtirib olamiz.
4. Sabzavotlarni oz-ozdan yelim qog’oz yoki konteynerga solamiz.
5. Muzlatkichga solib qo’yamiz.
Sabzavotli ragu tayyorlash uchun. Qaysi sabzavotlarni yoqtirishingizga qarab, shulardan muzlatib qo’ysangiz bo’ladi. Bunday sabzavotlarni sho’rvalarga solish, qayla va gazaklar tayyorlash mumkin.
- qizil sabzi – 500 gramm
- makkajo’xori – 300 gramm (2 ta so’tasi)
- qizil bulg’or qalampiri – 500 gramm
- qovoqcha – 500 gramm
Tayyorlanilishi:
1. Qizil sabzi, qovoqcha, bulg’or qalampiri yaxshilab yuviladi, sabzi po’sti archilib, barchasi quritiladi.
2. Pichoq yordamida makkajo’xori so’tasidan donlarini ajratib olamiz va qaynayotgan suvga 1-2 daqiqaga solib qaynatib olamiz.
3. Barcha qolgan sabzavotlarni mayda to’rtburchak qilib to’g’rab olamiz.
4. Barchasini bitta tog’oraga solib aralashtirib olamiz.
5. Konteyner yoki vakumli yelim qog’ozlarga solamiz.
6. Muzlatgichga olib qo’yamiz.
Maslahat: Esingizdan chiqmasligi uchun esa ustiga albatta yozib qo’ying (masalan, tayyorlangan sana va tarkibini).
Shuningdek to’rtburchak qilib to’g’ralgan bulg’or qalampiri, gulkaram va brokkolini alohida qilib muzlatib qo’yish va bolalarga biron nima pishirib berish mumkin.
Muzlatiladigan sabzavotlar 8 oydan 1 yilgacha saqlanadi.
Qishda yorqin rangli sabzavotlardan bahramand bo’lish uchun esa ozgina vaqtingizni sarflaysiz xolos.
Shuningdek ko’katlarni ham bir necha usulda muzlatishning iloji bo’lib, ammo bun haqida keyingi maqolamizda batafsil tanishib olasiz.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
2 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
Sabzini muzlatib buladimi .buzilib qolmiydimi yani eriganda yumshab irib qolgandek bulib qolmiydimi
Yo’q unaqa bo’midi, muzlatsa bo’ladi)