Pazandachilikda kerak bo’ladigan qoliplar
Pishirishga mo’ljallanilgan maqolamizning ikkinchi qismi silikonli, keramik va shishali qoliplarga bag’ishlanadi. Bunda ularning ijobiy va salbiy tomonlari, ulardan to’g’ri foydalanish haqida maslahatlar berib o’tamiz.
Bundan oldingi maqolamizda metall qoliplar haqida gapirib o’tgan edik. Bugun navbat boshqa xom-ashyoli qoliplarga yetdi va ulardan eng keng tarqalgani silikonli qoliplar haqida gapirib o’tamiz.
Silikonli qoliplar
Deyarli har bir uy bekasining uyidan silikonli qoliplarni topish mumkin. Ularning xilma-xilligidan qaysi birini tanlashni bilmay qolishimiz aniq. Aammo barcha qoliplar sog’liq uchun xavfsizmi? Kelinglar bunga oydinlik kiritamiz!
Silikonli qoliplarning ijobiy tomonlari
- yaxshi sifatli qoliplarda pishiriladigan mahsulotlarning tagi olmaydi;
- uning egiluvchanligi sabab ham, bunday qoliplardan pishiriqlarni ajratish juda oson;
- ularni parvarishlash oson;
- oshxonada ular ko’p joyni talab qilmaydi: ularni buklab, olib qo’yish mumkin;
- ular ekologik toza, tibbiy xom-ashyolardan tayyorlaniladi;
- hidni o’ziga singdirib olmaydi;
- ular keskin haroratga chidamli, -50 до +250 haroratgacha dosh bera oladi;
- ularda pishiriqlar tez va bir xil tayyorlaniladi.
Silikonli qoliplarning salbiy tomonlari
- yumshoq va egiluvchanligi: keks pishirayotganda qolipni avval patnisga qo’yib, keyin xamir quyiladi. Aks holda, xamir oqib ketishi mumkin;
- mustahkamligi: bu qoliplarda piroglarni kesish, ularni simchalar yoki qattiq gubka bilan tozalab bo’lmaydi;
- sifati: qoliplarni albatta ishonchli do’konlardan xarid qiling. Sifatsiz mahsulot yuqori haroratni ko’tara olmaydi va sog’liq uchun ham xavfli hisoblanadi.
Silikonli qoliplarni to’g’ri parvarishlash
- qolipni sotib olgandan so’ng iliq suvda sovunlab yoki yuvish vositasida yuvib tashlang;
- ilk marotaba ishlatayotganda qolipga o’simlik yog’i surting. Bundan keyingilarida uni yog’lash shart emas;
- silikon qoliplarni yumshoq gubkada yuvish kerak;
- ularni idish yuvish mashinasida yuvish mumkin.
Silikonli qoliplarni to’g’ri tanlash
- qolipni ishonchli do’konlardan xarid qiling. Silikon sifatsiz bo’lsa, unda sog’liqqa zarar yetkazishi mumkin, shu sabab ham uning sertifikatini ko’rsatishlarini so’rang;
- narxi: sifatli silikon qoliplar qimmat turadi. Agarda siz keks uchun qolip 10 000 so’m turganiga ko’zingiz tushsa, bu xushyorroq bo’ling;
- rangi: uncha yorqin rangdagi qoliplardan xarid qilmang. Rangi qanchalik tabiiy bo’lsa, shuncha yaxshi;
- hidi: sifatli silikon hech qanday hidga ega bo’lmasligi kerak;
- qolipni buklang. Buklagan joyingiz oq rangga kirsa yoki buklaganda qarsillagan ovoz chiqsa, unda bunday mahsulotni sotib olishdan voz keching;
- qolipning qalinligiga ahamiyat bering. Silikonning qolipi qanchalik qalin bo’lsa, shuncha yaxshi.
Keramik qoliplar
Keramik qoliplar qimmat, lekin chidamli va chiroylidirlar.
Keramik qoliplarning ijobiy tomonlari
- uning devorlari qalin, shu sabab ham undagi yegulik bir xil bo’lib pishadi;
- unda nafaqat pishiriqlarni, balki sufle, shirinliklar, toblatmalar, sabzavot va hatto go’shtni ham pishirish mumkin;
- keramik qoliplarni parvarishlash oson;
- keramika sog’liq uchun xavfsiz bo’lib, hech qanday allergiyani chaqirmaydi
- ularning ko’rinishi chiroyliligi sabab, taomni dasturxonga qolipning o’zida tortish mumkin.
Keramik qoliplarning salbiy tomonlari
- ular keskin haroratni ko’tarmaydilar: keramik qoliplarni qizigan gaz pechiga qo’yish mumkin emas, bunda u darz ketishi mumkin;
- bunday qoliplar og’ir, katta hajmdaligi sabab oshxonada ko’proq joyni talab qiladi;
- ular sinmasligi va yorilmasligi uchun ular bilan ehtiyot bo’lib ishlash kerak;.
Keramik qoliplarni to’g’ri parvarishlash
- keramik qoliplarni yumshoq gubkada yuvish kerak;
- ularni idish yuvish mashinasida yuvish tavsiya qilinmaydi;
- muzdek mahsulotlarni qizigan qolipga yoki aksincha solish kerak emas;
- keramik qolipni qizigan duxovkaga solish mumkin emas;
Keramik qoliplarni to’g’ri tanlash
- narxi: sifatli keramik qoliplar arzon narxda turmaydi;
- idishni yorug’ joyda tekshiring: unda hech qanday yoriqlar bo’lmasligi shart;
- qolipni qo’l bilan tekshiring: u silliq va tekis bo’lsin.
Shisha qoliplar
Shishali qoliplar ham xuddi keramik qoliplardek universal bo’lib, ularda ham ko’pgina yeguliklarni tayyorlash mumkin.
Shishali qoliplarning ijobiy tomonlari
- shishali qoliplar keramik qoliplardan ham chidamliroq hisoblanadi;
- hid va yog’ni o’ziga singdirmaydi;
- qasmoq bilan qoplanmaydi;
- sekin qizib soviydi;
- rangsizligi sabab, taomning qanday tayyorlayotganini kuzatishingiz mumkin;
- ularni mikroto’lqinli pechga solsa ham bo’ladi;
- ularning o’zida taomni dasturxonga tortish mumkin;
- ularda taomni sovutgichda saqlash mumkin.
Shisha qoliplarning salbiy tomonlari
- narxi: shisha idishlar qimmat narxda turadi;
- bunday qoliplar keskin harorat o’zgarishiga dosh bermaydi;
- bunday qoliplar og’ir bo’ladi.
Shisha idishlarni to’g’ri parvarishlash
- ularni yuvish vositasi va yumshoq gubkada yuvish kerak;
- idish yuvish mashinasida yuvish ham mumkin;
- qolipni ishlatishdan oldin ozroq yog’ surtish kerak;.
Shishali qoliplarni to’g’ri tanlash
- shishasiga ahamiyat bering: ular silliq va shaffof, hech qanday yoriqlarsiz va pufakchalarsiz bo’lishi shart;
- qoliplarda issiqqa chidamlilik belgisi bo’lishi kerak;
- xuddi boshqa qoliplardek, bunday mahsulotlarni ishonchli savdo shaxobchalaridan xarid qilish tavsiya qilinadi.
Azizlar, barcha yangiliklardan birinchi bilib olishni istasangiz, unda hoziroq sahifamizning o’zbek tilidagi telegram kanaliga albatta a’zo bo’ling.