Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Nestledan Maxibon muzqaymog’i
Savdo peshtaxtalardagi qiziqarli muzqaymoqlar haqida gapirishda davom etamiz. Bugun navbat Nestledan savdoga chiqarilgan Maxibon muzqaymog’iga yetdi.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Shuni tan olamizki, bu muzqaymoq o’zining yorqin o’rami bilan bizlarga yoqdi. Rang-barang yozuvlarda yozilgan «Strachatella» yozuvi «Nutella» pasta nomini eslatadi. Ustida qarsildoq pechenye va guruchli shokolad tasvirlanilgan bo’lib, bizlar buning aslida ham shundaymi yo’qmi bilishga qiziqdik va undan xarid qildik.
Muzqaymoq haqiqatdan ham bizlarni manzur qildi. Ikki xil shokoladdan tashkil topgan muzqaymoq va juda mazali pechenye. Muzqaymoq bir vaqtning o’zida ham qarsildoq, ham juda mayin bo’lib, shirinlikxo’rlarga juda yoqsa kerak.
Qadog’i
Мuzqaymoq standart ko’rinishdagi, folgasiz o’ramlarda qadoqlanilgan bo’lib, og’irligi 89 grammni tashkil qiladi.
Ta’mi
Bu muzqaymoqning nomi bilarni qiziqtirdi va u nimani anglatishiga qiziqdik. Aniqlanilishimizcha, strachatella – bu italyancha qaymoq, sut va shokolad bo’lakchalaridan tashkil topadigan muzqaymoqqa aytilar ekan.
Muzqaymoqni ochganingizda u ikki xil muzqaymoqdan tashkil topganligiga amin bo’lasiz: birinchi qavati vanillinni plombir bo’lib, usti shokoladli glazur bilan qoplangan.
Ikkinchi qavati esa usti pechenyeli, ichi shokolad bo’lakchalari solingan plombir bo’lib, qaymoqli ta’mga ega
Maxibon «Strachatellа» – juda to’yimli muzqaymoq ekan. Issiq kunlarda ovqatning o’rniga yeb, bemalol u bilan to’yishingiz mumkin. Bitta salbiy tomoni shundaki, uning kaloriyasi juda kuchli ekan.
Tarkibi
Sut zardobi va sutli ichimlik, un, glazur (kakos va o’simlik yog’i, shakar, kakao, quruq sut zardobi, emulgator), vanilin, shakar, quruq glyukozali qiyom, shokoladli glazur (shakar, qirilgan kakao, kakao yog’i, emulgator), sariyog’, maxsus yog’, emulgatorlar, stablizatorlar, glyukoza, qabartma, tuz, tabiiy aromatizatorlar (sariyog’, sutli shokolad, vanilin), natriy karbonad, askorbinka kislotasi.
100 gramm mahsulotning energetik quvvati: 317 kKal bo’lib, ulardan, 3.7 grammi oqsillar, 14 grammini yog’lar, 42 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
1 donasining energetik quvvati (89 gramm): 283 kKal bo’lib, 3.3 grammini oqsillar, 13 grammini yog’lar, 38 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Qayerdan sotib olish mumkin
Maxibon «Strachatella» muzqaymog’ini quyidagi joylardan xarid qilishingiz mumkin:
- Korzinka.uz supermarketlaridan donasini 12 990 so’mdan;
- Arba.uz internet do’konidan 12 490 so’mga xarid qilishingiz mumkin.
*Korzinka.uz supermarketiga suratga tushirishga ko’maklashganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz!
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.