Peshtaxtadagi qiziqarli mahsulotlar: Oreo muzqaymog’i
Savdo shaxobchalarida yangidan-yangi muzqaymoqlar shu darajada ko’pki, bizlar ularning hammasini ta’tib ko’rishga ulgurmmayapmiz!
Bugun esa Rossiyada Froneri nomi ostida ishlab chiqarilgan – Oreo sendvich va eskimo muzqaymoqlari haqida gapirib o’tamiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Qiziqarli bolalar muzqaymog’idan so’ng, bizlar vanil ta’mli boshqacharoq muzqaymoqlardan olishga kelishdik.
Oreo muzqaymog’ining 2 xilini ta’tib ko’rdik: sendvich va eskimo. Unda krem mavjud emas, bu muzqaymoqda asosiy mahsulot bu pechenyelardir. Oreo pechenyesidan farqliroq muzqaymog’dagisi juda ham yumshoq, shokolad bilan to’yintirilgan to’q rangda. Mayin, unchalik yog’li bo’lmagan muzqaymoq darrov erib, oqib ketmaydi.
Qadog’i
Ikkala muzqaymoq ham standart o’ramlarda qadoqlanilgan. Yoqimli ko’k rangli bu muzqaymoq bir qarashdayoq diqqatni o’ziga jalb qilib, uni ta’tib ko’rishga chorlaydi.
Muzqaymoqlarning vazni har xil:
- Oreo sendvichning og’irligi 80 gramm;
- Oreo eskimoniki esa 62 gramm.
Ta’mi
Yorqin ko’rinishli muzqaymoq ortida qanday ta’m yashirilgan ekan?
Oreo sendvichi
Oreo muzqaymoqlari uning pechenyesiga o’xshab ketadi, ammo bir necha hajmda kattaroq. Undagi pechenyelar juda yumshoq bo’lib, tishlaganda maydalanib ketadi.
Sutli muzqaymog’i unchalik yog’li emas, shakari ham me’yorida. Aytgancha, ishlab chiqaruvchi 4 yoshgacha bo’lgan bolalar undan iste’mol qilmasligini ta’kidlab o’tishadi. Chunki undagi pechenye maydalanib ketishi sabab, tomoqqa tiqilib qolishi mumkin.
Oreo eskimo
Bunisi qiziqarliroq:bizlar muzqaymoqlarning shokoladli glazuri yupqa shokoladdan tashkil qopishiga o’rganib qolganmiz. Ammo bu yerda sal boshqacharoq. Muzqaymoq ustidagi glazur pechenyeli shokoladdan tayyorlanilgan.
Bunday muzqaymoqlar juda to’yimli bo’lib, tushlik yoki kechki ovqat o’rnida bemalol iste’mol qilish mumkin.
Tarkibi
Oreo sendvichi
Pechenye: un, shakar, palma yog’i, kakao, glyukoza-fruktozali qiyom, qabartma, tuz, vanil ekstrakti, emulgator (soya letsitini).
Muzqaymoq: sut, shakar, maydalangan pechenye, sariyog’, sut yog’i, patoka, quruq sut zardobi, emulgator, stablizator, tabiiy aromatizator.
100 gramm mahsulotning ozuqaviy qiymati: 307 kKal bo’lib, ulardan 4.8 grammini oqsillar, 12 grammini yog’lar, 44 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
1 donasi (80 gramm) ning energetik qiymati: 246 kKal bo’lib, 3.8 gramm oqsillar, 9.7 gramm yog’lar, 35 gramm uglevodlar.
Oreo eskimosi
Glazur: o’simlik yog’i (kakos yoki kungaboqar), maydalangan pechenye (un, shakar, o’simlik yog’i, kakao, glyukozo-fruktozali qiyom, makkajo’xori kraxmali, qabartma, tuz, vanil ekstrakti, umulgator, quruq yog’sizlantirilgan sut, quruq sut zardobi.
Muzqaymoq: sut, maydalangan pechenye, shakar, glyukoza, quruq sut zardobi, patoka, quruq sut zardobi, emulgator, stablizator, tabiiy aromatizator.
100 gramm mahsulotning ozuqaviy qiymati: 327 kKal bo’lib, ulardan 3.6 grammini oqsillar, 20 grammini yog’lar, 0 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
1 donasi (80 gramm) ning energetik qiymati: 203 kKal bo’lib, 2.2 gramm oqsillar, 12 gramm yog’lar, 0 gramm uglevodlar.
Qayerdan sotib olish mumkin
Oreo muzqaymoqlarini Korzinka.uz dan quyidagi narxlarda sotib olishingiz mumkin:
- Oreo sendvich — 10 580 so’m bir donasiу;
- Oreo eskimo — 10 555 so’m bir donasi.
*Mahsulot narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
*Korzinka.uz supermarketiga suratga tushirishga ko’maklashganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz!
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.