Pazandachilik asoslari: murabboni to’g’ri tayyorlash
Mana hozirda deyarli barcha mevalar g’arq pishib bo’ldi, demak qishga tayyorgarlikni hozirdan ko’rib qo’yish kerak. Hozirgi maqolamizda siz murabboni to’g’ri pishirishga tegishli barcha savollaringizga javob olasiz.
Umumiy maslahatlar
Avvalambor, murabbolar uchun mevalarni to’g’ri tanlashni bilish kerak bo’ladi.
- tanlayotgan mevangiz butun va shikastlanmagan bo’lishi kerak. Ularni uzoq saqlab bo’lmaydi: murabboga ishlatiladigan rezavor mevalarni xona haroratida 18 soatdan uzoqroq saqlab bo’lmaydi. Olma va noklarni esa 3 sutka davomida qaynatish kerak bo’ladi;
- mevalarni yuvib, danagi borlarini danagidan tozalang. Po’stini arching;
- sirlangan idishdan yoki tagi olmaydigan kattarq idishdan foydalaning;
- bankani yaxshilab sterilizatsiya qilib oling.
Bankani to’g’ri sterilizatsiya qilish
Yopayotgan bankangiz ustida ko’piklar hosil bo’lib, aynib qolmasligi uchun uni yaxshilab sterilizatsiya qilish kerak bo’ladi. Buning uchun esa:
- idish-tovoq yuvish vositasi bilan banka va qopqog’ini yaxshilab yuving va chaying;
- bankalarni og’zini pastga qilib tering va gaz pechini 130 C da yoqib, bankalarni 25 sterilizatsiya qiling;
- agar sizda mikroto’lqinli pech bo’lsa, unda bankalarni unda sterilizatsiya qilishingiz mumkin, buning uchun bankani avval 60 darajaga 5 daqiqa, so’ng 90 darajaga ko’tarib yana 5 daqiqaga qo’ying;
- qopqoqlarini taxminan 5 daqiqa qaynatib oling.
Murabbolar solingan bankalarni to’g’ri sterilizatsiya qilish
Bankalarga murabbo, jem, povidlo va konfityur solingandan so’ng bankalarni yana bir bor sterilizatsiya qilish kerak. Bu yopgan bankalaringizning yanada uzoqroq saqlanishini ta’minlaydi.
- Kattaroq kastrulkaga sochiq yoki dasturxon to’shab olamiz va murabbolar solingan bankalarni terib chiqamiz. Qopqog’ini uncha qattiq yopmang. E’tibor bering: bankalar bir-biriga teginmasligi kerak;
- bankalarning haroratidek suv soling, suvni bankalarning «bo’ynigacha» ya’ni ingichkalashish boshlayotgan chizig’iga qadar soling;
- suvni qaynash darajasiga keltiramiz va bir necha daqiqa davomida qaynatamiz: yarim litrli bankalarni 10 daqiqa, bir litrlilarini – 15,ikki litrlilarini – 20 yoki 25, uch litrli bankalarni esa 30 daqaiqa davomida qaynating;
- bankalarni olib, qopqog’ini zich yoping.
Agarda siz yopgan mahsulotlaringizni 8-9 saqlamasangiz, unda ularni pasterizatsiya qiling:
- kastrul va gaz pechi panjarasi yoki mantiqosqon olib, unga suv to’ldiring;
- kastrul ustidan panjarani qo’yib, ustidan bankalarni terib chiqing;
- suvv qaynashni boshlagandan so’ng, ularni 30 daqiqa davomida qaynating;
- so’ng bankalarni olib, qopqog’ina yaxshilab yoping.
Murabbo
Murabbo tayyorlash juda ham oson: bu qiyomda qaynatilgan mevalar bo’lib, qaynatilganda ular o’z holatini deyarli yo’qotmaydi va butunligicha qoladi.
Nimalardan murabbo tayyorlasa bo’ladi
Murabboni hamma mevalardan tayyorlash mumkin. Asosiysi – ular pishgan bo’lishi shart. Yaxshi pishmagan mevalardan ham murabbo tayyorlashadi va bu mevalarga quyidagilar kiradi:
- o’rik;
- krijovnik;
- yong’oq;
- behi;
- nok.
Pishib ketgan mevalardan yaxshisi jem tayyorlang, chunki tayyorlagan murabbongiz chiroyli ko’rinishda chiqmaydi.
To’g’ri pishirish
Pishirayotgan murabbongiz mazali chiqishi uchun, ba’zi bir qoidalarga amal qilish kerak:
- shakar va mevalarni teng ravishda solamiz: masalan, bir kilo olmaga bir kilo shakar. Agar mevalar juda shirin bo’lsa, unda shakarni sal kamroq soling;
- shakarning bir kilosi uchun 200 millilir suv ishlatish kerak. Faqat shuni hisobga olingkki, sersuv mevalarning o’zi ko’p suvni ajratadi, shu sababdan ham ularga suvni biroz kamroq soling;
- murabbodagi mevalar qiyomga to’yinishi uchun uni 15 daqiqadan 30-40 daqiqagacha qaynatishadi;
- murabboa ziravorlardan soling: bunda siz zanjabil, rozmarin, qalampirmunchoq, dolchin, kardamon, limon, timyan va anisdan foydalanishingiz mumkin.
Murabbo pishgan-pishmaganligini bir nechta usulda aniqlasa bo’ladi:
- likopchaga bir tomchi murabbo qiyomidan solganda, u oqmasligi, o’z shaklini saqlab qolgan bo’lishi kerak;
- qoshiq bilan olganda, uzun ipsimon bo’lib cho’zilishi kerak;
- mevalar og’irlashib qolib, kastrulning tubiga sho’ng’ishi kerak.
Yaxshi sterillangan bankada murabbolar bir yil va undan ham uzoqroq saqlanadi. agar murabboning ustida ko’pik hosil bo’lganiga ko’zingiz tushsa, unda bunday murabboni iste’mol qilmaganingiz ma’qul. Qopqog’i shishib chiqqan murabboni ochiq, qaynating va toza bankaga soling.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.