Rimcha salat
Masalliqlar:
-
300 gramm mol go'shtilahm
-
150 gramm shampinyon
-
1 bog' rukkolabunday ko'kat deyarli barcha bozorlarda sotiladi
-
2 osh qoshiq soya qaylasi
-
1 osh qoshiq balzamli sirkaagar bo'lmasa, ishlatmasangiz ham bo'ladi
-
2 tischa sarimsoqpiyoz
-
2-3 osh qoshiq zaytun moyi
-
1 osh qoshiq limon sharbati
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
ta'bga qarab sedana
Yo’nalishlar
Bugun 3 xil masalliqlardan tayyorlaniladigan juda mazali salat tayyorlashni sizlarga tavsiya. Go’sht, qo’ziqorin va rukkoladan tayyorlaniladigan bu salat bemalol ovqatning o’rnini bosa oladi.
Tayyorlaniladigan salatga taxminan 26 000 so’m sarflaysiz.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
300 gramm mol go'shti | |
150 gramm shampinyon | |
1 bog' rukkola | |
2 osh qoshiq soya qaylasi | |
1 osh qoshiq balzamli sirka | |
2 tischa sarimsoqpiyoz | |
2-3 osh qoshiq zaytun moyi | |
1 osh qoshiq limon sharbati | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab sedana |
Mol go'shtini o'rtacha kattalikda kesamiz, qalinligi taxminan 1 sm bo'lsin. Oshxona bolg'achasi bilan ikkala tomonidan uramiz.
Ikkala tomonidan qizartirib yog'da pishirib olamiz va pishirayotganda soya qaylasidan solamiz.
Shampinyonlarni ham parrak qilib to'g'raymiz va ozroq yo'da ikkala tomonidan qovurib olamiz.
Piyolachaga zaytun yog'i, soya va balzamli qaylasini, limon sharbati va mayda to'gralgan sarimsoqpiyozni solamiz va hammasini yaxshilab aralashtiramiz.
Likopchaga yuvilgan rukkola ko'katini solamiz. Ustidan qovurilgan go'sht va qo'ziqorinni solamiz. Murch sepib, ustidan yuqoridagi aralashmamizni quyamiz. Tayyor salatni iliqligida dasturxonga tortamiz.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
300 gramm mol go'shti | |
150 gramm shampinyon | |
1 bog' rukkola | |
2 osh qoshiq soya qaylasi | |
1 osh qoshiq balzamli sirka | |
2 tischa sarimsoqpiyoz | |
2-3 osh qoshiq zaytun moyi | |
1 osh qoshiq limon sharbati | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab sedana |