Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Jusic sharbatlari
Savdo shaxobchalarida aylanib yurib, Jusic Premium yangi sharbatlariga ko’zimiz tushdi. Tabiiyki, qiziqqon Zira bu mahsulot bilan ham qiziqdi va undan sotib olib tekshirdi.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishdik
Qadog’i
Bizlar ta’tib ko’rish va tarkibini o’rganish uchun Jusic Premiumning ikki xil sharbatidan xarid qildik. Bular: Exotic va Apelsinli sharbatlar. Sharbatlar oq o’ramda qadoqlanilgan bo’lib, ustida tayyorlanilgan mevalar rasmi aks ettirilgan.
Tarkibi
Quyqali Exotic sharbati
Tarkibi: qulupnayli pyure, olmali pyure, bananli pyure, konsetratsiya qilingan ananas sharbati, shakar, limon kislotasi, tozalangan iste’mol suvi. Mevali qismi 50% dan kam emas.
Qadog’ida bu sharbat hech qanday bo’yoqlar va qo’shimchalarni saqlamasligi yozib o’tilgan.
100 gramm mahsulotning ozuqaviy qiymati: uglevodlar – 11,2 gr
Energetik quvvati: 44,8 kKal ni tashkil qiladi.
Apelsinli sharbat
Tarkibi: konsentratsiya qilingan apelsin sharbati, tozalangan iste’mol suvi.
100 gramm mahsulotning ozuqaviy qiymati: uglevodlar – 12 gr
Vitaminlar mg с-40,0, B1 – 0,04; B2 – 0,03; P – 20,0
Energetik quvvati – 48,0 kKal ni tashkil qiladi.
Ko’rinishlari
Jusic Premiumning 15 xil ta’mlisi sotuvga qo’yilgan bo’lib, ular quyidagilar:
- nokli
- qorag’atli
- olchali
- exotic
- uzumli
- greypfrutli
- yashil olmali
- mangoli
- rezavor mevali multibery
- multifrukt
- apelsinli
- shaftolili
- ananasli
- anorli
- qizil olmali
Ishlab chiqarilgan mamlakat: O’zbek-amerika-koreya Green World QK
Qanday va qancha muddat saqlash mumkin
Sharbatlarni 0 dan +25°C dan yuqori bo’lmagan salqin, quyosh nuri tushmaydigan joyda saqlash kerak. Ochilgandan so’ng esa bir kecha-kunduzda iste’mol qilish kerak.
Narxi
Jusic Premium sharbatlari Makro tarmoqlaridagi supermarketlarda 8 390 so’m narxda turadi.
Xulosa
Sharbatlar o’rtacha ta’mda bo’lib, biroz taxir ta’mga ega, boshqa sharbatlardan deyarli farq qilmaydi. Tarkibida ortiqcha mahsulotlaening yo’qligi albatta bizni quvontirdi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.