Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Kremberdan Wellnut shokolad-fundukli pastasi
Savdo shaxobchalarida aylanib yurib, Krember savdo belgisi tomonidan ishlab chiqarilgan Wellnut shokoladli pastasigaga ko’zimiz tushdi.
Qiziqqon Zira jamoamiz undan ham xarid qildi va taassurotlarimiz bilan hoziroq bo’lishamiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
O’zimizning O’zbekistonda ishlab chiqarilgan o’zimizning mahsulot – Wellnut, allaqachon ko’pchilikka tanish bo’lib qolgan bo’lsa kerak. Yaqindagina shu mahsulotning sutli shokoladdan tashqari, qora shokoladli yangi ko’rinishi iste’molchilarga taqdim etildi.
Qadog’i
Bu mahsulotni supermarketlarning peshtaxtalaridan topish oson. Qo’ng’ir rangli o’rmda qadoqlanilgan bu mahsulot ustiga katta harflar bilan «Wellnut» yozilgan. Plastik qopqog’i ostidan zar qog’oz bilan ham qadoqlanilgan.
Tarkibi
Tarkibi: shakar, o’simlik yog’i, tabiiy kakao kukuni, o’rmon yong’og’i, yog’li va yog’siz quruq sut kukuni, litsetin soyasi, randalangan kakao, bir turdagi tabiiy aromatizator(vanilin, yong’oq).
Ozuqaviy qiymati: 100 gr mahsulot quyidagilarni saqlaydi, yog’lar- 33,5 gr, oqsillar – 8,2 gr, uglevodlar – 51,6 gr.
Energetik quvvati – 100 gramm mahsulot 535 kKal ni tashkil etadi.
Ishlab chiqarilgan davlat: O’zbekiston Respublikasi
Ta’mi
Shokoladli pastadan o’rmon yong’og’i va kakao ta’mi ufurib turadi. Pastani iste’mol qilgandan so’ng, og’zingizda undan taxir ta’m qoldirmaydi. Ta’m jihatidan qayeridir nutellaga ham o’xshab ketadi.
Qanday va qancha muddat saqlash mumkin
Shokoladli pastani +18° dan yuqori bo’lmagan salqin, quyosh nuri tushmaydigan joyda saqlash kerak. Ishlab chiqarilgan kundan boshlab 6 oygacha saqlash mumkin.
Narxi
Makro tarmog’idagi supemarketlarda bu mahsulotning 150 gr li qadog’i 7 790 so’m turadi.
Arba.uz internet sahifasida bu mahsulotning 150 gr li qadog’i 7 090 so’m narxda turadi.
Xulosa
Bu mahsulot shokoladni xush ko’ruvchilar uchun ayni muddao bo’lib, ertalabgi nonushtaga nonga surtib yeyishga qulay bo’lib, kakao bilan to’yintirilgan ajoyib ta’mi esa hech kimni befarq qoldirmasligi aniq.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.