Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Ferma sariyog’i
Zira.uz har doim yangi mahsulotlarni izlab, ularni siz azizlarga ham yetkazishga harakat qiladi. Bugun Ukrainaning “Ferma” savdo belgisi nomi ostida ishlab chiqarilgan sariyog’ haqida ma’lumot beradi.
Bizning e’tiborimizni ustida yozilgan “shirin qaymoqli ta’m” degan yozuv o’ziga jalb etdi. Taassurotlarimiz bilan hoziroq bo’lishamiz.
Qadog’i
“Ferma” sariyog’ining og’irligi 200 grammli bo’lib, zar qog’ozda qadoqlanilgan.
Ishlab chiqarilgan davlat: Ukraina
Ta’mi
Qadog’ida yozilganidaek sariyog’ birozgina shirin ta’mda bo’lib, nonga yaxshi surtiladi va bir xil eriydi. Hidi ham yoqimli.
Tarkibi
Tarkibini faqatgina yangi qaymoq tashkil qiladi.
100 gramm mahsulotning ozuqaviy qiymati: oqsillar – 0,5 gr; uglevodlar- 0,8 gr; yog’lar- 82,5 gr
Energetik quvvati: 748 kKal
To’g’ri saqlash
– 5 °C dan 0 °C gacha bo’lgan haroratda 3 oygacha saqlash mumkin.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin
Bizlar “Ferma” sariyog’ini Mirobod bozoridan 15 500 so’m narxda xarid qildik*.
Xulosa
Sariyog’ ertalabki nonushta uchun ham, yoki biron bir pishiriq pishirish uchun ham qo’l keladi. Sariyog’ning ta’mi bizning tahririyat xodimlariga manzur keldi.
*Narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.