Taxtakachlarning turlari
Taxtakachlarning boshqa turlari to’g’risida gapirishda davom etamiz. Bugun taxtakachlarning silikonli va shishali turlariga ahamiyatimizni qaratamiz.
Biz o’tgan maqolamizda oshxonada nechta taxtakachlardan foydalanish, ularni to’g’ri tanlash va saqlash to’g’risida ma’lumot bergan edik. Bugun ularning yana ikkita keng tarqalgan turlari, ya’ni silikonli va shishali taxtakachlar to’g’risida gapiramiz.
Silikonli taxtakachlar
Silikonli taxtakachlarning egiluvchan va yumshoqliklari sabab ham, ularni ko’p hollarda gilamchalar deb ham atashadi. Xuddi plastik taxtakachlar kabi silikonlilari ham arzon narxda bo’lmaydi. Qimmat bo’lsada, ammo sifati va zararsizligi ham shunga yarasha bo’ladi.
Silikonli taxtakachlarning ijobiy tomonlari
- yengil;
- mustahkam;
- qulay;
- pichoqlarni o’tmaslashtirmaydi;
- ular ustida xamir yoysa ham bo’ladi;
- dezinfeksiyalash oson;
- idish yuvish mashinasida yuvsa bo’ladi;
- -40 dan +230 gacha bo’lgan keskin haroratlarga ham chidamli;
- stol ustida sirpanmaydi;
- har xil hidlarni o’ziga singdirmaydi;
- bo’yalib qolmaydi.
Silikonli taxtakachlarning salbiy tomonlari
- ularni qattiq gubkalar bilan yuvib bo’lmaydi;
- sifatli silikonli taxtakachlar qimmat turadi;
- sifatsiz silikonli taxtakachlar tezda yomon bo’lib qoladi;
- tez bo’linib ketadi.
Bundan tashqari, sifatsiz taxtakachlar keskin haroratga chidamsiz bo’lib, erib ketishi yoki yorilishi mumkin. Shuni yoddan chiqarmangki, arzon narxli sifatsiz bunday taxtakachdan sotib olib sog’lig’ingizga zarar yetkazishingiz mumkin.
Silikonli taxtakachlarni to’g’ri saqlash
- silikonli taxtakachlarni buklamasdan saqlash kerak;
- ularni qattiq gubkalar bilan yuvishdan saqlaning;
- ularni limon sharbati yoki iste’mol sirkasi bilan tez-tez dizinfeksiyalab turish shart. Buning uchun: yarimta limon sharbatini siqib chiqaring va taxtakach ustiga surib, 10 daqiqaga qoldiring. So’ng chayib, iliq suvda sovunlab yuvib tashlang. Bunday taxakachlarda xom go’shtlarni kesganingizda, ularni albatta dizinfeksiyalashni unutmang.
Shishali taxtakachlar
Shishali taxtakachlar toblatilgan shishalardan yasalgani sabab ham, vazni boshqa taxtakachlarga nisbatan og’irroq bo’ladi.
Shishali taxtakachlarning ijobiy tomonlari
- ular gigiyenik toza mahsulot;
- bo’yalmaydi va hidni o’ziga singdirmaydi;
- ularni yuvish va dizinfeksiya qilish oson;
- to’g’rash jarayonida mayda tirqishchalar paydo bo’lmaydi;
- go’sht va baliq mahsulotlari uchun juda yaxshi;
- keskin harorat o’zgarishiga chidamli;
- xamirni ustida yoyish mumkin;
- chidamli;
- ko’rinishi ham chiroyli.
Shishali taxtakachlarning salbiy tomonlari
- ular pichoqni o’tmaslashtiradi;
- keramik pichoqlar sinishi ham mumkin;
- to’g’rash jarayonida taqillagan baland ovoz chiqadi;
- to’g’rash jarayonida mahsulotlar sirpanishi mumkin;
- vazni: bunday taxtakachlar qolganlariga nisbatan ancha og’ir;
- shishali taxtakach tushib ketsa, qanchalik mustahkamligiga qaramay sinib ketadi.
To’g’ri tanlash
- ustida qog’oz yoki etiketkasi bo’lmagan taxtakachlardan xarid qiling, chunki ularning ostida har xil mikroblar to’planadi;
- rezinali oyoqchalari mavjudligiga ishonch hosil qiling, chunki ualrsiz taxtakachlar sirpanadi.
Shishali taxtakachlarni to’g’ri saqlash
- issiq suvda yuvish vositalari yoramida yuvib tashlang;
- стеклокерамические доски можно мыть в посудомоечной машине после каждого использования;
- дезинфицировать при желании лимоном: протереть доску половиной лимона, оставить на время, затем промыть.
*Suratlar internetdagi ochiq manbalardan olingan.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.