Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Danish White pishlog’i
Bugun qiziqarli mahsulotlar bo’limimizda bizlar Daniyada Akadia nomi ostida ishlab chiqarilgan pishloq haqida ma’lumot berib o’tamiz.
Savdo shaxobchalarini aylanib yurganimizda, bizlar o’z e’tiborimizni eng qiziqarli mahsulotlarga qaratishga, ular haqida siz azizlarga ko’proq ma’lumot berishga harakat qilamiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Qadog’i
Akadia pishlog’i ko’k rangli karton qog’ozlarda qadoqlanilgan bo’lib, ichi zzar qog’ozli, mahsulot og’irligi esa 200 grammni tashkil qiladi. Mahsulotni ochganingizda ichi pishloq bilan to’laligiga va birozgina suyuqlikka ko’zingiz tushadi.
Ta’mi
Danish White bu – xuddi fetaga o’xshagan oppoq, tuzlangan pishloq bo’lib, ko’rinishi silliq. Tuzli bo’lib, ta’mi ko’proq brinzani eslatadi, ammo undan biroz yumshoqroqdi.
Tarkibi
Mahsulot qadog’ida uning tarkibi ham yozib qo’yilgan bo’lib, ular: pasterizatsiya qilingan sigir suti -74%, palma yog’i -21%, tuz, Е575, shirdon suvi.
100 gramm mahsulotning ozuqaviy qiymati:
yog’lar – 21 gr; uglevodlar – 3,5 gr; oqsillar – 9,0 9; tuz – 3,8 gr.
Energetik quvvati: 240 kKal
Qanday saqlash kerak
Mahsulotni 2 °C dan 8 °C gacha saqlash kerak. Saqlash muddati 1 yil.
Ishlab chiqarilgan mamlakat: Daniya
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin
Korzinka.uz tarmog’idagi supermarketlarda bu pishloq 10 990 so’m
LeBazar.uz internet do’konida 10 990 so’m
Arba.uz internet do’konida esa 11 590 so’m narxda turadi*
Xulosa
Akadia Danish White pishlog’i salat va har xil gazaklar uchun yaxshi tanlov bo’la oladi. Mahsulot mayin bo’lib, yeyishda yoqimlidir. Agarda bu pishloqdan salatlarga solishda foydalanmoqchi bo’lsangiz, unda shuni bilib olingki, bu pishloq tuzlangan bo’ladi.
*mahsulot narxi maqola chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.