Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Essidan Premium sariyog’i
O’zimizda ishlab chiqarilgan, qora rangda qadoqlanilgan yangi bir mahsulot tahririyatimizning diqqatini tortdi. Bugungi qahramonimiz Essi Premium sariyog’i bo’ldi.
Savdo shaxobchalarimiz peshtaxtalarida ko’payayotgan mahsulotlar orasida «O’zbekistonda ishlab chiqarilgan» yozuvli mahsulotlarning ko’payayotgani bizni juda ham quvontirmoqda.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Qadog’i
Essi sariyog’ini savdo peshtaxtalaridan topish qiyin emas. Chunki qora rangda qadoqlanilgan bu mahsulot darrov e’tiborni tortadi. Mahsulotning og’irligi 200 grammni tashkil qiladi.
Ta’mi
Mahsulot och sariq rangda bo’lib, yoqimli hidga ega. Sariyog’ ta’mi ham yoqimli bo’lib, sho’r emas. Sariyog’ni nonga surtishda ham qulay bo’lib, bo’linib ketmaydi.
Tarkibi
Mahsulotning tarkibi uning qadog’ida yozib qo’yilgan: faqatgina tabiiy pasterizatsiya qilingan qaymoq. Haqiqiy sariyog’da undan tashqari hech narsa bo’lmasligi shart.
100 gramm mahsulotning ozuqaviy qiymati quyidagilarni tashkil qiladi: 0,6 gramm oqsillar; 82,5 gramm yog’lar; 0,8 gramm uglevodlar.
Energetik quvvati – 748,1 kKal.
Qanday saqlash kerak
Faqatgina sovutgichda saqlash kerak. 3 dan 2°C haroratgacha 35 kecha-kunduzgacha saqlash mumkin.
Qayerdan qanchaga sotib olish mumkin
Arba.uz internet do’konida sariyog’ 11 290 so’m narxda turadi
Korzinka.uz tarmog’laridagi supermarketlarda esa
Xulosa
O’zimizda ishlab chiqarilgan bu mahsulot qadog’ini yodda saqlash oson bo’lib, o’zining ajoyib va mazali ta’mi bilan ham kishini quvontiradi. Sariyog’ni ertalabki nonushtada nonga surtib yeyishga ham, har xil pishiriqlar pishirishga ham yaxshi. Narxining hamyonbopligi esa sizlarni ham quvontirishi aniq.
*Mahsulot narxi manba chop etilgan vaqtdagina amal qilinadi.