Eng mashhur 5 ta usti ochiq piroglar
Kish, tart, krostata, chizkeyk, krambl – bu usti ochiq eng keng tarqalgan piroglar bo’lib, bugun sizlarga ularning bir-biridan farqli jihatlari haqida so’zlab beramiz.
Kish
Kish – bu Fransiyadan kelib chiqqan, usti ochiq shakarsiz pirog bo’lib, uni uvalama ya’ni pesochniy xamirdan tayyorlashadi: ya’ni barcha masalliqlar pichoq bilan maydalanib olinadi, so’ng xamir qoriladi va sovutgichga qo’yiladi. Qabartma va iste’mol sodasi qo’shilmaydi.
Kish pirogining asosini esa – tuxum va sutli (yoki qaymoqli) aralashma tashkil qiladi. Aralashma qanchalik yog’li bo’lsa, pirogimiz shunchalik mazali chiqadi. Asosiga yana ko’pgina masalliqlar solsa ham bo’ladi, masalan: go’sht, kolbasa, sabzavotlar va pishloq.
Odatda kishni cheti kungurali qoliplarda pishiriladi: avval pirogning asosi ya’ni xamiri yarim tayyor bo’lgunicha pishirib olinadi, so’ng asos solinadi va tayyor bo’lgunicha pishiriladi.
Tart
Fransiyaning yana bir mashhur pirogi bu – tartdir. Uvalama xamirga shakar va tuz solinmaydi, faqatgina asosiga solinadi. Tartlarning asosi shirin yoki shakarsiz ham bo’lishi mumkin.
Klassik ko’rinishdagi tartlarni xuddi yopgan non shaklida yoki cheti kungurali qoliplarda pishiriladi. Bunda avval xamirni tayyor bo’lgunicha pishirishadi, so’ng sovutilib, asos solinadi. Agar lozim bo’lsa, yana gaz pechiga yo’llanib, pishiriladi.
Krostata
Italyancha bu pishiriq ham xuddi shunday xamirdan pishiriladi, asosiga esa mevalar, murabbo yoki jem solinadi. Ustini esa xamirdan qilingan panjaralar bilan bezatiladi.
Kish va tartlardan farqli o’laroq, krostata pirogi asos va xamiri birgalikda pishiriladi: Xamir yupqa yoyilib, cheti kungurali qolipga qo’yiladi. So’ng xamirga bir necha bor sanchqi bilan sanchiladi, ustida asosini qo’yib, xamir bo’lakchalari bilan bezatiladi. So’ng pishirib olinadi.
Bu pishiriqni asosan olmali yoki o’rikli jemlar bilan pishirishadi.
Chizkeyk
Chizkeyk – qaymoqli pishloq solib pishiriladigan, sevib iste’mol qilinadigan shirinlikdir. Har xil mamlakatlarda uni turlicha tayyorlashadi: masalan, Gretsiyada feta pishlog’i qo’shilsa, Italiyada – rikotta, Amerikada esa Filodelfiya pishlog’i solinadi.
Bu pishiriqning asosi ham har yerda turlicha bo’lib, bunda biskvit, pesochniy xamir, maydalangan pechenyelardan ham foydalanishadi.
Chizkeyklarni tayyorlash unchalik ham qiyin emas, agarda sizga ishonchli retsept kerak bo’lsa, unda bizning shokoladli chizkeyk retsepti aynan siz uchun.
Krambl
Krambl bu inglizcha pirog-shirinlik bo’lib, uning asosini mevalar tashkil qiladi. Shuning uchun ham uni mavsumiy mevalardan tayyorlashadi.
Kramblni chuqurroq qolipda pishirishadi: qolipga sariyog’ surtiladi, mevalar solinib, ustidan uvalangan xamir sepiladi. Shuning uchun ham qolip chuqurroq bo’lsa, undan ajralib chiqadigan mevalar sharbati oqib ketmaydi.
Bunday shirinliklarni tayyorlash esa sizdan ko’pi bilan yarim soatni talab qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlardan xabardor bo’ling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.