«Yurakcha» pechenyelari
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
100 gramm sariyog'
-
100 gramm shakar
-
200 gramm un
-
15 gramm kakao
-
1 ta tuxum
-
1 ta tuxum sarig'i
-
Glazuriga:
-
1 ta tuxum oqi
-
140 gramm shakar upasi
-
1 choy qoshiq limon sharbati
-
ta'bga qarab ozuqaviy bo'yoqlar
-
ta'bga qarab sepish uchun bezaklar
Yo’nalishlar
O’z qo’lingiz bilan kichkina, ammo juda yoqimli sovg’a tayyorlashni istasangiz, unda mana bunday yurakchasimon pechenyelardan pishiring.
Bizlar bunda pushti va ko’k rangli suyuq ozuqaviy bo’yoqlardan ishlatdik.
Muhim: glazurni juda qattiq va uzoq ko’pirtirib bo’lmaydi, aks holda unda havo pufakchalari hosil bo’ladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 23 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
100 gramm sariyog' | |
100 gramm shakar | |
200 gramm un | |
15 gramm kakao | |
1 ta tuxum | |
1 ta tuxum sarig'i | |
Glazuriga: |
|
1 ta tuxum oqi | |
140 gramm shakar upasi | |
1 choy qoshiq limon sharbati | |
ta'bga qarab ozuqaviy bo'yoqlar | |
ta'bga qarab sepish uchun bezaklar |
Xamiriga:
Tuxum va tuxum sarig'ini bitta idishga solib, yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Xona haroratida yumshagan sariyog'ni solib, ozroq tuz sepamiz va yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Alohida idishga un va kakao kukunini elab solamiz. Aralashtirib olamiz.
Oz-ozdan unli aralashmani ko'pirtirilgan massaga solamiz. Xamir qorib olamiz.
Xamirni aylana shaklga keltirib, yelim xaltaga solamiz va yarim soatga sovutgichga olib qo'yamiz.
Xamirni ikkiga bo'lib, har birini yupqaroq qilib yoyamiz.
Tavsiya: xamir yopishmasligi uchun ikkita pergament qog'oz orasiga solib yoyish ham mumkin.
Gaz pechini 180 C darajaga yoqib qo'yamiz.
Yurakchasimon shaklli qolipchalar yordamida shaklchalar kesib chiqamiz. O'rtasidan sal pastini 1.5 sm uzunlikdagi joyini biroz kesib olamiz. Shunda pechenyelarni krujkalarga ilish oson bo'ladi.
Gaz pechi patnisiga pergament qog'ozni to'shaymiz. Ustidan pechenyelarni terib, pechga qo'yib, 10 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Glazuriga:
Tuxum oqi va limon sharbatini bitta idishga solib, ko'pirtirib olamiz. So'ng ko'pirtirishda davom etib, oz-ozdan shakar upasini solamiz. Glazur venchikdan oqib ketmasa, demak glazur tayyor hisoblanadi.
Glazurni pishiriq qopchasi yoki qoshiq yordamida pechenyelar ustiga surtib chiqamiz. Bezaklardan sepib, 10-20 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.
Pechenyelar tayyor! Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
100 gramm sariyog' | |
100 gramm shakar | |
200 gramm un | |
15 gramm kakao | |
1 ta tuxum | |
1 ta tuxum sarig'i | |
Glazuriga: |
|
1 ta tuxum oqi | |
140 gramm shakar upasi | |
1 choy qoshiq limon sharbati | |
ta'bga qarab ozuqaviy bo'yoqlar | |
ta'bga qarab sepish uchun bezaklar |