Xitoycha qovurilgan guruch va tovuqli taom
Masalliqlar:
-
200 gramm tovuq go'shti
-
150 gramm uzunchoq guruch
-
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
30 gramm sariyog'
-
2 osh qoshiq soya qaylasi
-
1 choy qoshiq limon sharbati
-
4 dona ko'k piyoz shoxchasi
-
4 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
-
bir nechta kashnich
-
50 gramm qizil sabzi
-
2 dona tuxum
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
0.5 choy qoshiq shakar
Yo’nalishlar
Sharqona usulda qovurilgan guruch va tovuqli taom dunyo bo’yicha ko’plab xitoycha restoranlarda tortiladi. Bunday taom xuddi biz xohlagandek – mazali, tez va juda oson tayyorlaniladi!
Bunday taom odatda «wok» tovasida pishiriladi, ammo oddiy tova bilan ham amallasa ham bo’ladi.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 17 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
200 gramm tovuq go'shti | |
150 gramm uzunchoq guruch | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
30 gramm sariyog' | |
2 osh qoshiq soya qaylasi | |
1 choy qoshiq limon sharbati | |
4 dona ko'k piyoz shoxchasi | |
4 dona sarimsoqpiyoz tishchasi | |
bir nechta kashnich | |
50 gramm qizil sabzi | |
2 dona tuxum | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
0.5 choy qoshiq shakar |
Avvalambor guruchni qaynatib olamiz.
Wok yoki oddiy chuqurroq tovani gazga qo'yamiz. 1 osh qoshiq o'simlik yog'i quyamiz. Mayda to'g'ralgan tovuq go'shtini solamiz, 2 soh qoshiq soya qaylasi va 1 choy qoshiq limon sharbatini quyamiz. Tovuq yumshab pishguniga qadar baland olovda qovuramiz. So'ng pishgan mahsulotlarni boshqa idishga olamiz.
Tovaga yana 1 osh qoshiq o'simlik yog'i quyamiz. Ko'k piyozni faqat pastki oqimtir tomonini mayda to'g'rab solamiz va bir soniya qovuramiz. Ustidan mayda to'g'ralgan sarimsoq piyozni ham solib, uni ham 1-2 soniyagina qovuramiz.
So'ng mayda to'g'ralgan sabzini solib, uni ham bir soniyagina qovuramiz.
30 gramm sariyog', to'g'ralgan kashnich va qaynatilgan guruchni solamiz.
Aralashtirib, ikki daqiqacha birga qovuramiz.
Guruchlarni bir tovaning bir tomoniga siljitib, bo'sh joyga ikkita tuxumni chaqib solamiz. 1 daqiqa davomida qovuramiz.
Guruch bilan tuxumlarni aralashtirib, tuxum pishguniga qadar birga qovurib pishiramiz.
Ustidan qovurilgan tovuq go'shtini (suvi bilan birga) solamiz. Tuz, murch va yarim choy qoshiq shakar sepamiz.
Qolgan ko'k piyozni solib, yana bir daqiqa birga qovuramiz, va nihoyat likopchalarga solib, dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
200 gramm tovuq go'shti | |
150 gramm uzunchoq guruch | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
30 gramm sariyog' | |
2 osh qoshiq soya qaylasi | |
1 choy qoshiq limon sharbati | |
4 dona ko'k piyoz shoxchasi | |
4 dona sarimsoqpiyoz tishchasi | |
bir nechta kashnich | |
50 gramm qizil sabzi | |
2 dona tuxum | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
0.5 choy qoshiq shakar |