Spanakopita – ismaloq va pishloqli grekcha pishiriq

Spanakopita – ismaloq va pishloqli grekcha pishiriq

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Spanakopita – bu ajoyib nomli pishiriq bo’lib, u grekchadan «ismaloqli pirog» deb tarjima qilinadi. Uni odatda filo yoki qatlamali xamirdan tayyorlashadi. 

Asosi esa o’zgarmas bo’lib, uni ismaloq, sho’r brinza yoki feta pishlog’i tashkil etadi. Pirogning an’anaviy ko’rinishi qyidagicha ko’rinishda bo’ladi – ikki qavat xamir, o’rtasida ismaloqli asos. Uni qanday ko’rinishda pishirish har kimning ta’biga bog’liq.

pishiriladigan yegulikka taxminan 48 000 so’m sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
400 gramm feta pishlog'i
4 osh qoshiq zaytun moyi
1 bog' ko'k piyoz
1 bog' petrushka
1 bog' shivit
300 gramm ismaloq bir bog'
600 gramm qatlama xamir
ta'bga qarab tuz
bir chimdim maydalangan muskat yong'og'i
200 gramm piyoz
1 dona tuxum
Qadam 1
Tugllandi

Piyozni archim, mayda to'g'rab olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Shivit, petrushka, ko'k piyoz va ismaloqni yuvamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Ismaloqni katta-katta to'g'rab ustidan qaynoq suv quyib, 1 daqiqaga qoldiramiz. So'ng suvini to'kamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Tovaga yog' solib, piyozni shaffof bo'lgunicha qovuramiz, so'ng chetga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Barcha ko'katlarni mayda to'g'rab qovurilgan piyoz ustiga solamiz, ismaloqni ham solamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Feta pishlog'i yoki brinzani qo'lda maydalab ustidan solamiz. Ta'bga qarab tuz va muskat yong'og'i sepamiz. Feta pishlog'i shusiz ham sho'r ekanligini unutmang.

Qadam 7
Tugllandi

Pishiriqni xohlagan ko'rinishda tugishingiz mumkin, asosiysi uning hch qayeri ochiq qolib ketmasin, aks holda uning suvi oqib, quruq bo'lib qolishi aniq.

Qadam 8
Tugllandi

Xamirni 2-3 mm qalinlikda yoyamiz, eni 10 sm qilib kesib, pishloqli aralashmani qo'yamiz va burab tugib chiqamiz. Chetlarini yaxshilab yopishtiramiz. Bunda sanchiqdan foydalansak ham bo'ladi.

Qadam 9
Tugllandi

Pergament qog'oz to'shalgan gaz patnisiga terib, ustiga tuxum surtamiz va 180 da 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 50 daqiqa
  • Serves 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
400 gramm feta pishlog'i
4 osh qoshiq zaytun moyi
1 bog' ko'k piyoz
1 bog' petrushka
1 bog' shivit
300 gramm ismaloq bir bog'
600 gramm qatlama xamir
ta'bga qarab tuz
bir chimdim maydalangan muskat yong'og'i
200 gramm piyoz
1 dona tuxum
oldingi
Stuzzico kafesidan retsept: Spagetti vegan
keyingi
Videoretsept: Rulet

Fikringiz