fbpx
Tovuq yurakchasi bilan tayyorlangan bulgur

Tovuq yurakchasi bilan tayyorlangan bulgur

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tovuq yurakchali bilan tayyorlangan bulgur – butun oila a’zolari uchun ajoyib tushlik yoki kechki taom bo’la oladi. Nimasidir palovga o’xshab ketuvchi bu mazali taomning kaloriyasi juda pastligi esa sizni xursand qilishi aniq.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 15 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
150 gramm bulgur
400 gramm tovuq yurakchasi
250 gramm pomidor
100 gramm sabzi
40 gramm bulg'or qalampiri
120 gramm piyoz
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugllandi

Bulgurni qozonga solamiz va ustidan ikki hissa ko'proq suv quyamiz. Gazga qo'yamiz. Qaynab chiqqanidan so'ng tuz sepib, 5 daqiqa davomida qaynatamiz. Suvini to'kib tashlab, sovushi uchun qoldiramiz.

Qadam 2
Tugllandi

Piyoz va bulg'or qalampirini to'rtburchak qilib to'g'raymiz. Sabzi va pomidorni qirg'ichning katta tishchasidan chiqarib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Tovaga 1 osh qoshiq yog' quyib, qizdiramiz. Piyoz, bulg'or qalampiri va sabzini solib, 2 daqiqa davomida qovuramiz. So'ng pomidorni ham solib, 3-5 daqiqa davomida dimlab pishiramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Tovuq yurakchalarini hajmiga qarab ikkiga yoki to'rtga bo'lamiz. Sabzavotlar ustidan solib, ozroq suv quyamiz. So'ng 15-25 daqiqa davomida dimlab pishiramiz.

Qadam 5
Tugllandi

Pishishiga 2-3 daqiqa qolganda bulgur va maydalangan sarimsoq piyozni solib, aralashtiramiz.

To'g'ralgan ko'katlarni sepib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 60 daqiqa
  • Serves 4
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
150 gramm bulgur
400 gramm tovuq yurakchasi
250 gramm pomidor
100 gramm sabzi
40 gramm bulg'or qalampiri
120 gramm piyoz
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
oldingi
Xandon pistali biskotti
keyingi
Videoretsept: Zig’ir urug’lari solib pishirilgan non

Fikringiz