Videoretsept: qumoq xamirda pishirilgan go’shtli rulet
Masalliqlar:
-
1 t tayyor qatlama xamir
-
200 gramm shampinyon
-
700 gramm mol go'shtidan qiyma
-
3 ta tuxum
-
1 ta piyoz
-
200 gramm pishloq
-
0,5 choy qoshiq tuz va murch
-
150 millilitr o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Ushbu noodatiy pishiriq istalgan bayram dasturxoniga mos keladi. Qolaversa bunday chiroyli va to’yimli rulet barchaga, ayniqsa, erkaklarga maqul keladi.
Ichiga tuxum solib pishirilgan ushbu go’shtli ruletni issiq holida ham, sovuq holida ham bemalol dasturxonga tortishingiz mukin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 65 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
1 t tayyor qatlama xamir | |
200 gramm shampinyon | |
700 gramm mol go'shtidan qiyma | |
3 ta tuxum | |
1 ta piyoz | |
200 gramm pishloq | |
0,5 choy qoshiq tuz va murch | |
150 millilitr o'simlik yog'i |
Qo'ziqorinlarni qizdirilgan quruq tovaga solamiz. Suvi ajralib chiqishi kerak.
Suvi bug'lanib ketgunicha pishiramiz. 70 millilitr yog' va 100 gramm maydalangan piyozni solamiz va bir-ikki daqiqa qovuramiz.
Qiymaga ziravorlar sepib, yog' va 100 gramm maydalangan piyoz solamiz va aralashtiramiz.
Xamirni yoyib, qiymani yarimini solamiz, so'ngra tuxum, qo'ziqorin, pishloq va qolgan qiymani solamiz.
Xamir chetlarini tasma shaklida kesib chiqib, o'ramiz.
190 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 1 soatga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!
Rasmiy instagram sahifasi:artel_official
Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt
Reklama huquqi ostida
Masalliqlar:
1 t tayyor qatlama xamir | |
200 gramm shampinyon | |
700 gramm mol go'shtidan qiyma | |
3 ta tuxum | |
1 ta piyoz | |
200 gramm pishloq | |
0,5 choy qoshiq tuz va murch | |
150 millilitr o'simlik yog'i |