fbpx
Videoretsept: Sutli qaynatma quymoqlar

Videoretsept: Sutli qaynatma quymoqlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Ko’pchilik uchun yupqa va yengil quymoqlardan tayyorlash muammo hisoblanadi. Shu sababdan ham bizlar quyidagi retseptimizni sizlar bilan bo’lishishga qaror qildik.

Qaynatma quymoqlar juda yupqaligiga qaramay, ag’darish ham qiyinchilik tug’dirmaydi.

Xamirni tayyorlab bo’lgandan so’ng, 15 daqiqaga tindirilsa, yanada yaxshiroq chiqadi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 15 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

500 millilitr "Prostokvashino" suti
100-120 millilitr qaynoq suv
2 ta tuxum
260-280 gramm un
yarim choy qoshiq tuz
1/4 choy qoshiq iste'mol sodasi
100 gramm eritilgan sariyog'
3 osh qoshiq shakar
Qadam 1
Tugallandi

Tuxum ustidan tuz va shakarni sepib, venchikda ko'pirtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Iliq sutni quyib, iste'mol sodasini ham solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Unni elab solamiz va silliq holatga kirgunicha yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Eng so'ngida eritilgan sariyog' va qaynoq suvni quyamiz. Aralashtiramiz. Xamir anchagina suyuq holatga kiradi.

Qadam 5
Tugallandi

Yaxshi qizigan tovaga quyib, quymoqlarni pishirib olamiz. Xohishga qarab, quymoqlarning har biriga sariyog'dan surtamiz.

Yoqimli ishtaha!

Instagramdagi rasmiy sahifa: @prostokvasino_uzbekistan

Reklama huquqi asosida

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 millilitr "Prostokvashino" suti
100-120 millilitr qaynoq suv
2 ta tuxum
260-280 gramm un
yarim choy qoshiq tuz
1/4 choy qoshiq iste'mol sodasi
100 gramm eritilgan sariyog'
3 osh qoshiq shakar
oldingi
Tunets balig’i va ismaloq solib pishirilgan kish
keyingi
Videoretsept: Qatlama

2 Sharhlar Hide Comments

Рецепт зуда яхши экан, сайтни очган ва бизга ургатаётган хамма хамиша каттакон Рахмат, биринчи марта пиширган блинчикларим хеч кандай камчиликларсиз чикди))))

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.