fbpx
Qaymoqli qaylada pishirilgan tovuqli koptokchalar va spagetti

Qaymoqli qaylada pishirilgan tovuqli koptokchalar va spagetti

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Agar kechki ovqatni tayyorlashga vaqtingiz bo’lmasa, umidsizlikka tushmang: bugun biz 30 daqiqada tayyorlanishi mumkin bo’lgan ajoyib va ​​mazali taom – qaymoqli qaylada pishirilgan tovuqli koptokchalar va spagetti uchun retseptni taklif etamiz.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
150 millilitr qaymoq
300 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
1 ta piyoz
50 gramm zaytun mevasi
ta'bga ko'ra petrushka
1 ta tuxum
ta'bga ko'ra tuz va murch
50 gramm un
150 gramm qattiq pishloq
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
100 gramm spagetti
Qadam 1
Tugllandi

Piyoz va ko'katni mayda qilib to'g'rab olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Qiymani idishga solib, tuxum, ko'kat, piyoz va ta'bga ko'ra tuz va murch solamiz.

Qadam 3
Tugllandi

So'ngra un solib, yaxshilab aralashtiramiz va qiymadan orasiga zaytun mevasini qo'yib, kichik koptokchalar yasaymiz.

Qadam 4
Tugllandi

Spagettini qadog'ida ko'rsatilganidek qaynatib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Toblatma uchun mo'ljallangan idishga o'simlik yog'i suritib,qiymali koptokchalarimizni qo'yib chiqamiz va ustidan qaymoqni quyamiz.

Qadam 6
Tugllandi

So'nga qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni sepib,180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20-25 daqiqaga qo'yamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Tayyor taomni issiq holida dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!

  • 30 daqiqa
  • Serves 2
  • Oddiy
  • 180

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
150 millilitr qaymoq
300 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
1 ta piyoz
50 gramm zaytun mevasi
ta'bga ko'ra petrushka
1 ta tuxum
ta'bga ko'ra tuz va murch
50 gramm un
150 gramm qattiq pishloq
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
100 gramm spagetti
oldingi
Videoretsept: Inglizcha go’shtli pirog
keyingi
Tayyor xamirdan tayyorlangan “Plyushka”lar

Fikringiz