fbpx
Videoretsept: sersuv nachinkaga ega go’shtli pirog

Videoretsept: sersuv nachinkaga ega go’shtli pirog

Masalliqlar:

  • xamiri uchun

Yo’nalishlar

Ushbu pirog nachinkasiga qiziq bir narsa qo’shdik va u juda xushbo’y va sersuv bo’lib chiqdi. Asosi bo’lgan – qumoq xamir esa og’zingizda eriydi.

Ishtahaochar va mazali uyda pishirilgan pirog oilangizni bitta stolda jamlash uchun ajoyib sababdir.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 54 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
500 gramm
200 gramm "Домашнее застолье" margarini
200 gramm smetana
150 gramm kefir
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
ta'bga ko'ra tuz
2 osh qoshiq oq kunjut
300 gramm mol go'shtidan qiyma
150 gramm piyoz
50-60 gramm tvorogli pishloq
1 bog' istalgan ko'katlar
ta'bga ko'ra tuz
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Unga qirg'ichdan o'tkazilgan margarinni solib, qumoq shakliga keltirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Un va margarinli massaga qabartma, tuz, kefir va smetana solib, xamir qoramiz. Xamirni 20 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz:

Idishga qiyma, mayda to'g'ralgan piyoz, ko'kat, tvorogli pishloq va ta'bga ko'ra tuz solib, aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni muzlatgichdan olib, 2 ta bir xil bo'lakka bo'lamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Bitta bo'lagini 0,5-0,7 sm qalinlikda yoyib, pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamir ustiga nachinkani yonlarida tahminan 2 sm joy qoldirgan holda solamiz. Nachinkani tekkislab, xamir chetlarini tepaga qilib chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirning ikkinchi bo'lagini ham yoyib, nachinka ustini yopamiz va yonlarini birlashtirib chiqamiz. Pirog ustiga tuxum surtib, kunjut sepamiz.

Qadam 8
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 20-25 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

Instagram: Домашнее застолье
Сайт: www.dom-zastolye.uz

Reklama huquqi ostida

  • 60 daqiqa
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
500 gramm
200 gramm "Домашнее застолье" margarini
200 gramm smetana
150 gramm kefir
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
ta'bga ko'ra tuz
2 osh qoshiq oq kunjut
300 gramm mol go'shtidan qiyma
150 gramm piyoz
50-60 gramm tvorogli pishloq
1 bog' istalgan ko'katlar
ta'bga ko'ra tuz
oldingi
Videoretsept: apelsinli o’rama pirog
keyingi
Ananas va tovuqli salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.