fbpx
Videoretsept: qumoq xamirdan tovuqli pirojkalar

Videoretsept: qumoq xamirdan tovuqli pirojkalar

Masalliqlar:

  • xamiri uchun

  • asosiga

Yo’nalishlar

Pirojkalarni turli xil asoslar bilan pishirish mumkin. Bizning eng sevimli pirojkalarimiz esa – tovuqli asosga egasidir.

Shunday ekan qumoq xamirga ega bunday mazali pirojkalar retseptini sizga ham taqdim etamiz!

Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
400 gramm un
170 gramm kefir
150 gramm maselkadan "Konditer premium" margarini
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq shakar
asosiga
350 gramm tovuq filesi
150 gramm kartoshka
100 gramm piyoz
ta'bga ko'ra tuz va murch
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i +1 ch.q suv
ustiga sepish uchun kunjut
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz. Unni qabartma, shakar va tuz bilan aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Kefir va eritilgan margarinni quyamiz va yumshoq xamir qoramiz. Xamirni xona haroratida 30 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Asosi uchun mayda qilib to'g'ralgan tovuq filesi, piyoz va kartoshkani aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tuz va ziravorlar sepib, yaxshilab aralashtiramiz va 1-2 osh qoshiq hidi yo'q o'simlik yog'ini solamiz. Bu asosga sersuvlik bag'ishlaydi.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirdan qalin uzunchoq bo'lak hosil qilib, uni 15-17 ta bo'laklarga bo'lamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Har bir bo'lakni yoyib, o'rtasiga asosini solamiz.

Qadam 7
Tugallandi

O'zimizga qulay shakilda tugip, pirojkalar hosil qilamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Pirojkalarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtirib, tuxum surtib, kunjut sepamiz.

Qadam 9
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 35-40 daqiqaga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida

  • 2 soat
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
400 gramm un
170 gramm kefir
150 gramm maselkadan "Konditer premium" margarini
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq shakar
asosiga
350 gramm tovuq filesi
150 gramm kartoshka
100 gramm piyoz
ta'bga ko'ra tuz va murch
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i +1 ch.q suv
ustiga sepish uchun kunjut
oldingi
Videoretsept: qovoqli kekslar
keyingi
Olmali vertuta

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.