fbpx
Apelsin va dolchinli choy

Apelsin va dolchinli choy

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Mazali, qizdiruvchi va albatta vitaminlarga boy choydan damlab, oila a’zolaringiz bilan vaqtingizni yanada chog’ o’tkazing.

Dolchin va badyan solingan bu choy organizmni viruslardan himoya qilib, shamollashlarni oldini olishda yordam beradi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 13 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

2 dona apelsin
2 dona dolchin tayoqchasi
2 dona badyan zvezdochka
1.2 litr suv
3 osh qoshiq qora yoki ko'k choy
Qadam 1
Tugallandi

Apelsinni yupqa parrak qilib to'g'raymiz va qozonchaga solamiz. Ustidan suv quyib, dolchin tayoqchasi va badyanni ham solamiz. Gazga qo'yib, qaynash darajasiga keltiramiz. Qaynash boshlaganida olovni o'chirib, qopqog'ini yopib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

2 daqiqa tinganidan so'ng olib, doka ro'mol yoki to'rli suzgichdan o'tkazamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Choynakka quruq choyni solib, ustidan suyuqligimizni quyamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Apelsin va dolchinli choy tayyor. Apelsin bo'laklari bilan birga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

2 dona apelsin
2 dona dolchin tayoqchasi
2 dona badyan zvezdochka
1.2 litr suv
3 osh qoshiq qora yoki ko'k choy
oldingi
Inglizcha bulochkalar
keyingi
Loviya va suxariklardan qilingan salat

Fikringiz