fbpx
Videoretsept: Oshirma xamirdan somsa

Videoretsept: Oshirma xamirdan somsa

Masalliqlar:

  • xamiriga

  • asosiga

Yo’nalishlar

Somsaning ushbu turini klassik deb atash qiyin, ammo bunday do’mboq, ishtahaochar, go’shtli somsalar barchaga manzur kelishi aniq.

Ayniqsa somsaning ashaddiy muhlislariga uni ushbu retsept bo’yicha tayyorlab ko’rishni maslahat beramiz.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Qadam 1
Tugallandi

Iliq suvga xamirturush, tuz, shakar va eritilgn margarin solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Aralashtirib, un solamiz va xamir qoramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni issiq joyda 40-60 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Asosini tayyorlaymiz. Mol go'shti va piyozni mayda to'rtburchak shaklida to'g'raymiz. Tuz va ziravorlar sepib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Oshgan xamirni og'irligi 60-65 gramm keladigan bo'laklarga bo'lamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xar bir bo'lakni diametri 0,3-0,5 sm keladigan doira shaklida yoyamiz. O'rtasiga 1,5 osh qoshiq asos solamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Chetlarini birlashtirib tugib, somsaga dumaloq yoki istalgan shakilni beramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Somsalarni gaz pechi patnisiga tugilgan joyini pastga qilib joylashtiramiz. Ustiga tuxum surtib, kunjut sepamiz.

Qadam 9
Tugallandi

190 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 25 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida

  • 1 soat 30 daqiqa
  • O’rtacha
  • 190 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url
oldingi
Olxo’rili krambl
keyingi
Vegetariancha pasta

Fikringiz