• Asosiy
  • Paisley Salad Bar kafesidan retsept: Ananas va rukkolali salat
Paisley Salad Bar kafesidan retsept: Ananas va rukkolali salat

Paisley Salad Bar kafesidan retsept: Ananas va rukkolali salat

Masalliqlar:

  • Aralashmasiga:

  • Marinadiga:

Yo’nalishlar

Bugun Paisley Salad Bar kafesi o’zining ananas va rukkoladan tayyorlaniladigan original salat retseptini Zira.uz o’quvchilariga taqdim etadi.

Paisley Salad Bar asosan salatlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan. Bu yerda 85 xildan ortiq salatlarni kelib iste’mol qilish, buyurtma berish mumkin.

Masalliqlar:

50 gramm rukkola ko'kati
4 dona pomidor cherry
100 gramm tovuq go'shti (lahm)
3 ta halqa konservalangan ananas
parmezan pishlog'i
20 gramm keshyu
Aralashmasiga:
1 osh qoshiq balzamli sirka
1 osh qoshiq anorli qayla
1 osh qoshiq zaytun moyi
Marinadiga:
2 osh qoshiq mayonez
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab quritilgan qalampir (paprika)
Qadam 1
Tugllandi

Kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz. Ziravorlar solingan mayonezga tovuq go'shtini 20 daqiqa marinadlab qo'yamiz. So'ng pishguniga qadar yog' solingan tovada qovurib olamiz. Sovutamiz va to'g'rab olamiz.

Har bir ananas halqasini 8 bo'lakka kesib chiqamiz. Cherry pomidorini 4 ga bo'lamiz. Keshyuni ham maydalab olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Rukkola, pomidor, tovuq go'shti va ananasni navbati bilan tog'orachaga solamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Ustidan zaytun yog'i, balzamli sirka va anorli qaylani solamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Ustidan pishloq va yong'oqni sepamiz. Mana salat ham tayyor!

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

50 gramm rukkola ko'kati
4 dona pomidor cherry
100 gramm tovuq go'shti (lahm)
3 ta halqa konservalangan ananas
parmezan pishlog'i
20 gramm keshyu
Aralashmasiga:
1 osh qoshiq balzamli sirka
1 osh qoshiq anorli qayla
1 osh qoshiq zaytun moyi
Marinadiga:
2 osh qoshiq mayonez
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab quritilgan qalampir (paprika)
oldingi
Kuk-si
keyingi
Ziravorlar bilan dimlab pishirilgan tovuq oshqozonchalari

Fikringiz