fbpx
Videoretsept: «Kastella» biskviti

Videoretsept: «Kastella» biskviti

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

«Kastella» biskviti boshqa biskvitlardan juda yumshoqligi va bulutdek havodorligi bilan ajralib turadi. Biskvit  o’ta shakarli bo’lmaganligi sababli, ta’mi mayin va o’zingizni to’xtatish qiyin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
7 ta tuxum sarig'i
120 millilitr sut
120 gramm sariyog'
120 gramm un
120 gramm shakar
7 ta tuxum oqi
Qadam 1
Tugallandi

Idishda sut va sariyog’ni birlashtiramiz. Massani past olovda, sariyog’ eriguncha, isitamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Idishga unni elaymiz. Unga issiq sutni suyib, dumaloqchalar paydo bo’lmasligi uchun yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Birma-bir tuxum sarig’i qo’shib, yana aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Alohida idishda tuxum oqi va shakarni birlashtiramiz. Mikser yordamida ko’pirtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tuxum oqini oz-ozdan xamirga solamiz va lopatka yordamida ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz. Massa cho’kib qolmasligi kerak.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirni, pergament qog’ozi solingan 20x20 sm hajmdagi, qolipga solamiz. Biskvitli qolipni, qaynoq suv quyilgan undan kattaroq qolip ichiga solamiz.

Qadam 7
Tugallandi

150C gacha qizdirilgan pechda 60-70 daqiqa davomida suv pari ustida pishiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tayyor biskvitni ham issiq, ham sovuq holida iste’mol qilish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat 30 daqiqa
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 150C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
7 ta tuxum sarig'i
120 millilitr sut
120 gramm sariyog'
120 gramm un
120 gramm shakar
7 ta tuxum oqi
oldingi
Videoretsept: oshqovoqli latte
keyingi
Videoretsept: mikroto’lqinli pechda pechenye

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.