fbpx
Videoretsept: olmali tvorogli pirojkalar

Videoretsept: olmali tvorogli pirojkalar

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Nachinka uchun

  • Bezak uchun

Yo’nalishlar

Agar biroz tvorog va bir-nechta olmangiz qolgan bo’lsa, oson va lazzatli – olmali tvorogli pirojkalarni pishirishni tavsiya etamiz. Tvorog qo’shilgan xamir mayinligi bilan farqlanadi, va turli-xil nachinkalarga to’gri keladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
300 gramm tvorog
1 ta tuxum
30 gramm shakar upasi
100 gramm sariyog'
300 gramm un
bir chimdim tuz
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
Nachinka uchun
300 gramm yashil olma
2 osh qoshiq limon sharbati
1 choy qoshiq dolchin
50 gramm shakar
2 osh qoshiq kraxmal
Bezak uchun
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv
1 osh qoshiq shakar
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz

Chuqur idishda tvorog, tuxum, shakar upasini birlashtirib, yaxshilab aralshtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Eritilgan sariyog’ qo’shib, aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Un, qabartma, tuz qo’shib, yumshoq, qo’lga yopishmaydigan xamir qoramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni dumaloq shaklga keltirib, plyonkaga o’rab, 30 daqiqaga sovutgichga qo’yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz

Olmalarni tozalab, mayda kubik shaklida to’g’raymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Olmaga shakar, dolchin, limon sharbati va kraxmal qo’shib, aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Sovutilgan xamirni 2 teng bo’lakga bo’lamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Xamirni 1 qismini 3 mm qalinlikda yoyib, to’rtburchaklarga kesamiz.

Qadam 9
Tugallandi

To’rtburchakni bir tomoniga 1 osh qoshiq nachinka solib, ikkinchi tomonida 2-3 ta chiziq kesamiz. Nachinkani xamirni ikkinchi qismida berkitib, chetlarini sanchqida bosib chiqamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Pirojkalarni pergament qog’ozi solingan patnis ustiga teramiz. Ustiga tuxum sarig’i va suv aralashmasini surtib, bir chimdim shakar sepamiz.

Qadam 11
Tugallandi

190С gacha qizdrilgan pechga qizarib pishguncha, 25 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Tayyor pirojkalarni sovutib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat 20 daqiqa
  • Portsiya 10
  • O’rtacha
  • 190C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
300 gramm tvorog
1 ta tuxum
30 gramm shakar upasi
100 gramm sariyog'
300 gramm un
bir chimdim tuz
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
Nachinka uchun
300 gramm yashil olma
2 osh qoshiq limon sharbati
1 choy qoshiq dolchin
50 gramm shakar
2 osh qoshiq kraxmal
Bezak uchun
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv
1 osh qoshiq shakar
oldingi
Videoretsept: dudlangan tovuq va koreys sabzisi bilan salat
keyingi
Videoretsept: tovuqli tez tayyorlanadigan salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.