fbpx
«Buxoro» salati

«Buxoro» salati

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Sizga qovurilgan baqlajon, pomidor va bulg’or qalampirili ajoyib, mazali va xushta’m salat tayyorlashni taklif etamiz. Ushbu salat juda qiziqarli , shuningdek oson tayyorlanadi.

Sabzavotlar marinadlangani tufayli, salat g’ayrioddiy, ammo juda jozibali va tetiklantiruvchi ta’mga ega bo’ladi.

Aytgancha, bunday salatni go’shtli taomlarga qo’shimcha sifatida ham dasturxonga tortish mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 17 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
600 gramm har xil rangli bulg'or qalampiri
600 gramm baqlajon
250 gramm pomidor
150 gramm qizil piyoz
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
bir nechta kashnich shoxchalari
50 millilitr 10 % li sirka
500 millilitr sovuq suv
300- 400 millilitr o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Bulg'or qalampirilarini katta somoncha shaklida to'g'raymiz. Qizil piyozni halqa shaklida to'g'raymiz.

Pomidor va baqlajonlarni katta bo'laklarga bo'lamiz. Sarimsoqpiyoz va ko'katni maydalaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Chuqur idishga to'g'ralgan piyoz, bulg'or qalampiri va pomidorlarni solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Sirka va suv quyib, bir chimdim tuz solamiz. va 15-20 daqiqaga marinadlab qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

O'simlik yog'ini qizdirib, baqlajonni yaxshilab pishgunicha qovurib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qovurilgan baqlajonlarni alohida idishga olib, ustiga ko'katlar va sarimsoqpiyozni solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Sabzavotlardan sirkali suvini to'kib, sabzavotlarni baqlajon turgan idishga solamiz va aralashtiramiz.
Yoqimli ishtaha!

  • 30 daqiqa
  • Serves 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
600 gramm har xil rangli bulg'or qalampiri
600 gramm baqlajon
250 gramm pomidor
150 gramm qizil piyoz
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
bir nechta kashnich shoxchalari
50 millilitr 10 % li sirka
500 millilitr sovuq suv
300- 400 millilitr o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: kartoshkali turkcha pide
keyingi
Kokosli «Kuxen» pirogi
Close
Login

Fikr qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.

*
*