fbpx
Videoretsept: Mevali shirin rollar

Videoretsept: Mevali shirin rollar

Masalliqlar:

  • Quymoqlariga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Oddiy quymoqlardan ajoyib va ishtahaochar ko’rinishga ega desert tayyorlashni istaysizmi? Mana bunday shirin ta’mli rollarni uy sharoitida tayyorlash umuman qiyinchilik tug’dirmaydi.

Asosi uchun esa tvorogli pishloq va iloji boricha nordonroq ta’mdagi mevalardan ishlatilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 40 000 so’m sarf qilinadi.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
Quymoqlariga:
1 dona tuxum
2 osh qoshiq shakar
250 millilitr sut
2-3 osh qoshiq kakao
5 osh qoshiq un
bir chimdim tuz
qovurish uchun o'simlik yog'i
Asosiga:
400 gramm tvorogli pishloq
2-4 osh qoshiq shakar upasi
1 choy qoshiq vanil shakari
har xil mevalar mevalar kivi, apelsin, olma, banan
bezatish uchun xohlagan shokolad
Qadam 1
Tugallandi

Tuximni venchikda ozroq ko'pirtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sut, shakar, kakao va tuzni ham solamiz. Shakar va kakao eriguniga qadar yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Elangan unni 1 osh qoshiqdan solib, yaxshilab aralashtirib olamiz. Unning hammasi erib bo'lganidan so'ng suyuqroq quymoq xamiri hosil bo'ladi.

Qadam 4
Tugallandi

Tayyor xamirni 15-20 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tovaga ozroq o'simlik yog'i surtib, 6-7 dona o'rtacha qalinlikdagi quymoqlar pishirb olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Quymoqlarni likopchaga solib, ustidan sariyog' surtib chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Asosini tayyorlab olamiz. Buning uchun tvorogli pishloqni shakar upasi bilan aralshtirib olamiz. Xohishga qarab, vanil shakaridan ham solish mumkin.

Qadam 8
Tugallandi

Mevalarni to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz. Buning uchun xohlagan mevalaringizdan solishingiz mumkin.

Qadam 9
Tugallandi

Quymoqlarning chetlarida ozroq joy qoldirib, tvorogli pishloq surtib chiqamiz va ustidan to'g'ralgan mevalarni sepamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Quymoqlarni ruletsimon ko'rinihsda buklab chiqamiz va shaklini saqlab qolishi uchun oziq-ovqat pelyonkasiga o'rab qo'yamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Pelyonkaga solingan rollarni olib, 2-3 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 12
Tugallandi

So'ng tayyor bo'lgan rollarni bo'laklarga bo'lib, likopchalarga solib chiqamiz. Xohishga qarab, ustini bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soat
  • Serves 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
Quymoqlariga:
1 dona tuxum
2 osh qoshiq shakar
250 millilitr sut
2-3 osh qoshiq kakao
5 osh qoshiq un
bir chimdim tuz
qovurish uchun o'simlik yog'i
Asosiga:
400 gramm tvorogli pishloq
2-4 osh qoshiq shakar upasi
1 choy qoshiq vanil shakari
har xil mevalar mevalar kivi, apelsin, olma, banan
bezatish uchun xohlagan shokolad
oldingi
Pekincha usulda pishirilgan tovuq
keyingi
«Qurtova» salati

Fikringiz