fbpx
Videoretsept: merengali rulet

Videoretsept: merengali rulet

Masalliqlar:

  • ruletiga

  • kremiga

Yo’nalishlar

O’ylaymizki, sizni merengali ruletni tayyorlash urfga kirganidan xabaringiz bor. Uni tayyorlash naqadar osonligi ajablanarli emas, natijada esa ajoyib tort hosil bo’ladi.

Krem va asosini ta’bingizga ko’ra istalgan rezavor meva yoki mevalar bilan to’ldirishingiz mumkin.

Uni albatta tayyorlab ko’ring va mo’jizaviy ta’midan baxramand bo’ling.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 55 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
ruletiga
4 ta tuxum oqi
180 gramm shakar
1 choy qoshiq makkajo'xori kraxmali
1 choy qoshiq 10 % li sirka
kremiga
250 gramm tvorogli pishloq
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq
3 osh qoshiq shakar upasi
1 choy qoshiq vanilin
50-60 gramm istalgan rezavor mevalar
Qadam 1
Tugallandi

Krem tayyorlaymiz:

Sovutilgan qaymoqni shakar bilan yaxshilab yumshoq pik holiga kelgunicha ko'pirtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tvorogli pishloq bilan ko'pirtirilgan qaymoqni birlashtiramiz, vanilinni solib,aralashtiramiz va sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Merenga ruletini tayyorlaymiz.:

Tuxum oqlarini yaxshilab ko'pirtirib olamiz, so'ng oz-ozdan shakar solib, ko'pirtirishda davom etamiz.

Ko'pirtirishda davom etgan holda kraxmal va sirkani solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Pergament qog'oz to'shalgan gaz pechi patnisga merengani solib, ustini tekkislaymiz.

Qadam 5
Tugallandi

160 C darajagacha qizdirilgan gaz pechida 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz. Beze usti sal qizarib pishishi kerak.

Qadam 6
Tugallandi

Stol ustiga sochiq to'shab, ustidan pergament qog'ozni o'zini qo'yamiz va ustidan shakar upasi sepamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Bezeni gaz pechidan olib, 2-3 daqiqa sovutamiz, so'ng tayyorlab qo'yilgan shakar upasili pergament qog'oziga bezeni o'girib joylashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Beze orqasidagi pergament qog'ozni esa ajratib olamiz va bezeni 10 daqiqa sovutamiz.

Qadam 9
Tugallandi

So'ng sovutilgan kremni bezening ustiga tekis qilib surtib chiqamiz.

Ustidan istalgan rezavor mevalarni sepamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Bezeni ruletga o'xshatib o'rab chiqamiz. Bunda ostidagi sochiqdan foydalanamiz.

Ruletning choki pastga qarab turishi kerak

Qadam 11
Tugallandi

Kamida 1 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

So'ng ustini ta'bga qarab bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

Rasmiy instagram sahifasi:artel_official

Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt

Reklama huquqi ostida

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 160 c

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
ruletiga
4 ta tuxum oqi
180 gramm shakar
1 choy qoshiq makkajo'xori kraxmali
1 choy qoshiq 10 % li sirka
kremiga
250 gramm tvorogli pishloq
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq
3 osh qoshiq shakar upasi
1 choy qoshiq vanilin
50-60 gramm istalgan rezavor mevalar
oldingi
Videoretsept: Pechenyedan tayyorlangan mevali desert
keyingi
«Afg’oncha napoleon» torti

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.