fbpx
Videoretsept: Pechenyedan tayyorlangan mevali desert

Videoretsept: Pechenyedan tayyorlangan mevali desert

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tayyor pechenye, rezavor mevalar va tvorogdan tayyorlangan ajoyib desert. Bunday mazali, yengil, va chiroyli desert katta-yu, kichikka birdek yoqadi.

Rezavor meva va mevalarni yozda yangi uzilganinidan, qishda – muzlatilganidan foydalanishingiz mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
250 gramm tvorog
250 gramm qulupnay yoki boshqa rezavor meva yoki meva
100 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
150 gramm Crafersdan qumoq pechenye (pesochniy)
50 gramm shakar upasi
150 millilitr apelsin sharbati yoki boshqa sharbat
dasturxonga tortish uchun "Crafers" qora shokoladi
Qadam 1
Tugallandi

Qulupnayni (yoki istalgan boshqa rezavor mevani) yuvib, katta-katta bo'laklarga bo'lamiz va blenderga yoki katta idishga solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qulupnayga shakar upasini yarimini (25gr) solib, pyure holatiga keltirib maydalaymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Sovutilgan qaymoqni yumshoq pik holatiga kelgunicha ko'pirtiramiz.

Tvorogni blenderda bir xil holga kelgunicha maydalaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tvorogli aralashmani ko'pirtirilgan qaymoq bilan aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tvorogli kremning ⅓ qismini boshqa idishga olib qo'yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qolgan kremni qulupnayli pyure bilan aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pechenyeni maydalab, apelsin sharbatini (yoki boshqa sharbatni) quyamiz.

Pechenye yarimini tayyorlab qo'yilgan qolipga joylashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Pechenye ustidan tvorog va qulupnayli kremni suritamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Krem ustidan qolgan pechenyeni solamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Ustidan qaymoq va tvorogli oq kremni surutib, ustini tekkislaymiz va 1-2 soatga muzlatgichga olib qo'yamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Dasturxonga tortishdan oldin, desertni qirg'ichdan chiqarilgan shokolad bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

Reklama huquqi asosida

Instagramdagi rasmiy sahifasi: @crafersuz
Facebookdagi rasmiy sahifasi: @crafersuz
Rasmiy sayt: http://www.crafers.uz/
Rasmiy telegram kanali: crafersuz

  • 20 daqiqa
  • Serves 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
250 gramm tvorog
250 gramm qulupnay yoki boshqa rezavor meva yoki meva
100 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
150 gramm Crafersdan qumoq pechenye (pesochniy)
50 gramm shakar upasi
150 millilitr apelsin sharbati yoki boshqa sharbat
dasturxonga tortish uchun "Crafers" qora shokoladi
oldingi
Videoretsept: smetanali krem suritilgan «Medovik» torti
keyingi
Videoretsept: merengali rulet

Fikringiz