fbpx
Videoretsept: klassik lazanya

Videoretsept: klassik lazanya

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Bolonyeze qaylasi uchun

  • Beshamel qaylasi uchun

  • Sepish uchun

Yo’nalishlar

Klassik lazanya – butun dunyoda mashhur va barcha sevadigan italyancha taom. Lazanya tayyorlash jarayonida qiyin tuyuladi, ammo bir marta tayyorlab ko’rgandan so’ng, bu jarayon osonligini tushunasiz. Natija esa – tariflashga til ojiz.  

Tayyor taomning taxminiy narxi – 85 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
4 ta tuxum
350 gramm un
1 choy qoshiq tuz
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
Bolonyeze qaylasi uchun
30 millilitr suv
30 millilitr o'simlik yog'i
500 gramm mol go'shtidan qiyma
1 ta piyoz
1 ta sabzi
300 millilitr o'z sharbatiga yopilgan pomidorlar
1 osh qoshiq tomat pastasi
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 choy qoshiq yanchilgan kashnich
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
Beshamel qaylasi uchun
50 gramm sariyog'
50 gramm un
600 millilitr sut
0,5 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
1 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
Sepish uchun
300 gramm motsarella pishlog'i
Qadam 1
Tugallandi

Idishda tuxum, tuz va o’simlik yog’ini aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Elangan un qo’shib, aralashtiramiz. Massa quyuqlashgandan so’ng xamirni qo’l bilan qorishni boshlaymiz. Xamirni 7-10 daqiqa davomida qoramiz, plyonkaga o’rab sovutgichga 1 soatga qo’yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Piyoz va sarimsoqpiyozni mayda tog’raymiz. Sabzini qirg’ichdan chiqaramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Sabzavotlarni o’simlik yog’ida 5-7 daqiqa davomida qizartirib qovuramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qiymani qo’shib, yaxshilab aralashtirib qovuramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tomat pastasi va o’z sharbatidagi tomatlarni qo’shamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Ziravorlar va suv qo’shib aralashtiramiz. Qaylani o’rtacha olovda kamida 1 soat davomida dimlaymiz. Kerak bo’lsa suv qo’shib turamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Ostki qismi qalin bo’lgan idishda sariyog’ni eritamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Un qo’shib, biroz yong’oq rangiga kelguncha aralashtirishni to’xtatmasdan qovuramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Sovuq sut qo’shib, silikon lopatka bilan aralashtiramiz. Qaylani quyuylguncha o’rtacha olovda qaynatamiz. Tayyor qaylani plyonka bilan, plyonka qaylaga tegib turgan holda, berkitamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Xamirni 4 ta teng qismga bo’lamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Xamirni yupqa yoyamiz va kerakli xajmda qolipga mislab kesamiz. chetlari qolipga tegmasligi uchun, qolipdan 1 sm kichikroq qilib kesamiz. Chunki pishish jarayonida xamir biroz oshadi.

Qadam 13
Tugallandi

Motsarella pishlog’ini qirg’ichdan chiqaramiz.

Qadam 14
Tugallandi

Qolipga beshamel qaylasini surtamiz, ustiga lazanya xamiri, qiymalik qayla, yana beshamel qaylasi va motsarella. Bunday ketma-ketlikda, xamir tugaguncha, terib chiqamiz. Oxirgi qatlamga - bolonyeze, beshamel qaylasi va motsarella sepamiz. Usti ochiq qoladi.

Qadam 15
Tugallandi

190C gacha qizdirilgan pechga lazanyani folga ostida 30-40 daqiqaga qo’yamiz. So’ngra folgani olib tashlab, yana 20 daqiqa davomida qizartiramiz.

Qadam 16
Tugallandi

Tayyor lazanyani biroz sovutib, keyin dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soat
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 190C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
4 ta tuxum
350 gramm un
1 choy qoshiq tuz
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
Bolonyeze qaylasi uchun
30 millilitr suv
30 millilitr o'simlik yog'i
500 gramm mol go'shtidan qiyma
1 ta piyoz
1 ta sabzi
300 millilitr o'z sharbatiga yopilgan pomidorlar
1 osh qoshiq tomat pastasi
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 choy qoshiq yanchilgan kashnich
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
Beshamel qaylasi uchun
50 gramm sariyog'
50 gramm un
600 millilitr sut
0,5 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
1 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
Sepish uchun
300 gramm motsarella pishlog'i
oldingi
Videoretsept: karamli rasstegay
keyingi
Videoretsept: shokolad qo’shilgan suli parchali pechenye

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.