fbpx
  • Asosiy
  • Gazaklar
  • Videoretsept: Kam tuzli gulmohi balig’i (forel)ni to‘g’ri tayyorlash
Videoretsept: Kam tuzli gulmohi balig’i (forel)ni to‘g’ri tayyorlash

Videoretsept: Kam tuzli gulmohi balig’i (forel)ni to‘g’ri tayyorlash

Masalliqlar:

  • Mini-buterbrodlar uchun:

Yo’nalishlar

Bugun siz azizlarga gulmohi balig’ini tuzlab qo’yish sirlarini oshkor qilamiz. Tayyorlash jarayoni juda oson bo’lib, natijasi shubhasiz quvontirishi aniq.

Bunday usulda tayyorlanilgan baliqdan salatlar, buterbrodlar, sushi va har xil gazaklar tayyorlashda foydalanish mumkin.

Muhim! Tuzlash uchun muzlatilmagan, yangi baliqdan foydalanish lozim.

Yangidan-yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

1 kilo gulmohi (forel) filesi
2.5 choy qoshiq yirik tuz
2 choy qoshiq shakar
2 choy qoshiq qora murch donachalari
3-4 choy qoshiq o'simlik yog'i
Mini-buterbrodlar uchun:
100 gramm tvorogli pishloq
bir nechta shoxcha shivit
2 choy qoshiq limon sharbati
xohishga qarab zaytun mevasi
10 bo'lak qora non yoki xohlagan non xili
Qadam 1
Tugallandi

Baliq filesi katta bo'lsa, unda uni 2-3 ta bo'lamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Kichikroq idishga tuz va shakarni solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuz va shakar aralashmasini baliq usti va ostiga yaxshilab sepib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tog'orachaga 1 choy qoshiq o'simlik yog'i va murch donachalarini 1/3 qismini solamiz. Yog'ni tog'orachaga yaxshilab surtib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tog'orachaga baliqning bir bo'lagini solamiz va ustidan 1 choy qoshiq tuz bilan murchning 1/3 qismini sepamiz. Shu jarayonni barcha baliq bo'laklari bilan takrorlaymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Baliq solingan tog'oracha ustini oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopib, 8-10 soatga sovutgichga olib qo'yamiz. Vaqt o'tgandan so'ng baliq tayyor bo'lgan bo'ladi.

Tayyor bo'lgan baliqni shu zahoti ishlatish yoki muzlatgichga olib qo'yish ham mumkin.

Qadam 7
Tugallandi

Gulmohi balig'i va tvorogli baliqdan tayyorlangan mini-buterbrodlar

Biror bir qolip yordamida nondan kichikroq bo'laklar kesib chiqamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tvorogli pishloqni limon sharbati va to'g'ralgan shivit bilan aralashtirib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

So'ng aralashmani kichik qoshiq yoki pishiriq qopchasi yordamida non bo'laklariga surtib chiqamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Ustini esa yupqa to'g'ralgan baliq va zaytun mevalari bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 kilo gulmohi (forel) filesi
2.5 choy qoshiq yirik tuz
2 choy qoshiq shakar
2 choy qoshiq qora murch donachalari
3-4 choy qoshiq o'simlik yog'i
Mini-buterbrodlar uchun:
100 gramm tvorogli pishloq
bir nechta shoxcha shivit
2 choy qoshiq limon sharbati
xohishga qarab zaytun mevasi
10 bo'lak qora non yoki xohlagan non xili
oldingi
Batafsil fotoretsept: Olma va dolchin bilan pishirilgan tvorogli pirojkalar
keyingi
Qovurilgan piyoz solib pishirilgan non

2 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.