fbpx
Videoretsept: limonli mayin keks

Videoretsept: limonli mayin keks

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Hech qanday maxsus qo’shimchalarsiz yana bir juda oddiy retsept. Ushbu keks sovuq mavsumda oilaviy choy ichishlarga juda mos keladi.

Birinchi luqmadan g’alaba qozonadigan keks – yumshoq, nam, mo’tadil shirin, yorqin bo’lib, shuningdek, qaymoqli limon ta’mi bilan boyitilgan.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
350 gramm un
180 gramm Maselkodan "Konditer premium" margarini
300 gramm shakar
2 ta tuxum
0,5 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
200 millilitr kefir
2 osh qoshiq limon sharbati
limon sedrasi
Qadam 1
Tugallandi

Idishga 180 gramm margarin va 300 gramm shakar solib, oqargunicha ko'pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Bittadan tuxum va limon sedrasi solib, ko'pirtirishda davom etamiz.

Qadam 3
Tugallandi

350 gramm unga 0,5 choy qoshiq soda solib, elaymiz va 0,5 choy qoshiq tuz solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Aralashtirishni to'xtatmagan holda ko'pirtirilgan massaga oz-ozdan elangan unni solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

2 osh qoshiq limon sharbati va 200 millilitr kefir solamiz. Yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 1 soat pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida

  • 1 soat 20 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
350 gramm un
180 gramm Maselkodan "Konditer premium" margarini
300 gramm shakar
2 ta tuxum
0,5 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
200 millilitr kefir
2 osh qoshiq limon sharbati
limon sedrasi
oldingi
Videoretsept: zanjabilli pechenye
keyingi
Mandarinli tart

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.