Videoretsept: “Nafis” salati

Videoretsept: “Nafis” salati

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Salat bekorga bunday nomlanmagan! Nafis, og’izda erib ketuvchi bu salatning tarkibidagi mahsulotlar shunday uyg’unlashganki, buni so’z bilan ifodalash mushkul, faqatgina ta’tib ko’rib, ishonch hosil qilish mumkin.

Bu salatni nafaqat bayram dasturxoniga, balki oddiy kundalikda ham tayyorlab, yaqinlarimizini xursand qilishimiz mumkin.

Tayyorlaniladigan salatga taxminan 50 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

4-5 ta qaynatilgan tuxum
2 ta qizil sabzi
2 ta kartoshka
1 banka konservalangan tunets balig'i yoki xohlagan baliq
150 gramm marinadlangan bodring
0.5 bog' ko'k piyoz
bir nechta shoxcha shivit
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
200 gramm mayonez
100-150 gramm qattiq pishloq
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugllandi

Kartoshka va sabzini qaynatib olamiz. Sovutib, qirg'ichdan chiqaramiz.

Qadam 2
Tugllandi

Marinadlangan bodringni yupqa parrak, piyozni esa mayda qilib to'g'raymiz.

Qadam 3
Tugllandi

Qaynatilgan tuxumlarni o'rtasidan teng ikkiga kesib chiqamiz.

Tuxum oqini sarig'idan ajratib, oqlarini chetga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Kosachaga tuxum sarig'ini solamiz, 2 osh qoshiq mayonez, maydalangan sarimsoqpiyoz va shivitni solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Hosil bo'lgan aralashmani tuxum oqlarining ichiga solib chiqamiz va chetga olib qo'yamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Mayonezni pishiriq qopchasiga solamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Yassiroq likopchaga mayonezdan surtib chiqamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Qirg'ichdan chiqarilgan kartoshkani solib, ustidan ozroq mayonez surtamiz.

Ustidan ko'k piyoz sepamiz.

Qadam 9
Tugllandi

So'ng ustidan konservalangan baliqni solib chiqamiz.

Qadam 10
Tugllandi

Sabzini baliq ustidan solamiz, mayonez surtamiz.

Bodringni ham solib, mayonezni surtamiz.

Qadam 11
Tugllandi

Ustidan yarimtalik tuxumlarni ichki tomonini pastga qaratib terib chiqamiz. Mayonez surtib, ustidan qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni sepamiz.

Salatni shu zahoti yoki 2 soat sovutgichga qo'yib, keyin dasturxonga tortish ham mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

4-5 ta qaynatilgan tuxum
2 ta qizil sabzi
2 ta kartoshka
1 banka konservalangan tunets balig'i yoki xohlagan baliq
150 gramm marinadlangan bodring
0.5 bog' ko'k piyoz
bir nechta shoxcha shivit
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
200 gramm mayonez
100-150 gramm qattiq pishloq
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Xamirturushli quymoqchalar
keyingi
Osiyocha usulda pishirilgan go’sht va brokollili taom

Fikringiz