Tayyor xamirdan qilingan kruassanlar

Tayyor xamirdan qilingan kruassanlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tayyor qatlamali oshirma xamirdan juda mazali kruassanlar tayyorlaymiz.

Kruassanlarning ichiga xohishingiizga qarab jem, murabbo, shokoladli pasta yoki pishloq kabi xohlagan mahsulotingizdan solishingiz mumkin.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 16 000 so’m sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi. 

Masalliqlar:

1 o'ram tayyor qatlamali oshirma xamir
125 gramm shokoladli pasta
ustiga surtish uchun tuxum
Qadam 1
Tugllandi

Xamirni ochib, xona haroratida eritib olamiz. Xona haroratida erigan xamirdan kruassanlar yaxshiroq shishib pishadi.

Qadam 2
Tugllandi

Xamirni 3-5 mm qalinlikda uzun to'rtburchak qilib yoyamiz. Ulardan uzunchoq uchburchaklar kesib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Uchburchaklarning qalin joyini sal kesib, pastidan 1 choy qoshiqdan shokoladli pasta qo'yib chiqamiz.

So'ng ularni ruletga o'xshatib o'raymiz va yarim oydek biroz buklaymiz.

Qadam 4
Tugllandi

Pergament qog'oz to'shalgan patnisga terib, ustiga tuxumdan surtamiz va 20 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 5
Tugllandi

So'ng 190 C darajada qizdirilgan gaz pechida 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha
  • 190 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 o'ram tayyor qatlamali oshirma xamir
125 gramm shokoladli pasta
ustiga surtish uchun tuxum
oldingi
Xurmoli galeta
keyingi
Skandinaviyacha kotletlar

Fikringiz