fbpx
Videoretsept: «Brauni» pechenyesi

Videoretsept: «Brauni» pechenyesi

Masalliqlar:

  • pechenye uchun

  • krem uchun

Yo’nalishlar

Mayin kremga ega shokoladli pechenye retseptini taqdim etamiz. Pechenye nam va cho’ziluvchan usti esa qarsildoq bo’lib pishadi.

Ushbu pechenyelarni ta’tib ko’rganingizdan so’ng, boshqa pechenyelardan batamom bosh tortishingiz aniq.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 55 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
pechenye uchun
320 gramm "Crafers" qora shokoladi
120 gramm shakar
2 ta tuxum
50 gramm un
50 gramm sariyog'
0,5 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
krem uchun
150 gramm tvorogli pishloq
60 gramm 35 %li yog'li qaymoq
30 gramm shakar upasi
Qadam 1
Tugallandi

Pechenye tayyorlaymiz:

Shokoladni sariyog' bilan eritamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxumni shakar bilan ko'pirtiramiz. Eritilgan shokolad solib, xona haroratigacha sovutib, aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qabartma bilan unni elakdan o'tkazib, solib, aralashtiramiz. Konsistensiyasi quyuq smetanaga o'xshashi kerak.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni konditer qopchasiga solib, qopcha tagini kesamiz va pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga diametri 2-2,5 smli pechenyelar quyib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 10 daqiqa pishirib olamiz. Pechenyelarni sovutamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tvorogli pishloqni shakar upasi bilan aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Sovuq qaymoq solib, barchasini 1-2 daqiqa yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Kremni konditer qopchasiga solamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Kremni pechenye bo'lagiga suritib, ustidan ikkinchi pechenye bo'lagini qo'yamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Pechenyelarni 30 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!

Reklama huquqi asosida

Instagramdagi rasmiy sahifasi: @crafersuz
Facebookdagi rasmiy sahifasi: @crafersuz
Rasmiy sayt: http://www.crafers.uz/
Rasmiy telegram kanali: crafersuz

  • 50 daqiqa
  • Serves 30
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
pechenye uchun
320 gramm "Crafers" qora shokoladi
120 gramm shakar
2 ta tuxum
50 gramm un
50 gramm sariyog'
0,5 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
krem uchun
150 gramm tvorogli pishloq
60 gramm 35 %li yog'li qaymoq
30 gramm shakar upasi
oldingi
Baqlajon va pishloq bilan pishirilgan tovuq go’shti
keyingi
Videoretsept: meva va yogurtli desert

Fikringiz