fbpx
Qovurma lag’mon

Qovurma lag’mon

Masalliqlar:

  • Quymog'iga:

Yo’nalishlar

Qovurma lag’mon ko’pchilikning sevimli taomlaridan biri bo’lib, hatto issiq kunlarda ham uni iste’mol qilishdan ko’pchilik bosh tortmaydi.

Bu taomni hamm har xil usulda tayyorlaydi, hozirgacha aniq bir retsepti mavjud emasligi sabab ham, bizlar bugun sizlarga eng ishonchli retseptlaridan birini taqdim etamiz.

Masalliqlar:

300 gramm mol go'shti
1 bosh piyoz
1 ta qizil bulg'or qalampiri
1 ta sariq bulg'or qalampiri
1 ta yashil bulg'or qalampiri
2- 3 ta pomidor
3 bosh sarimsoqpiyoz
2 osh qoshiq pomidor pastasi
2 ta sabzi
2 osh qoshiq soya qaylasi
2-3 ta barg pekin karami
yarim bog' selderey
yarim bog' jandiq
ta'bga qarab zira
qovurish uchun o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
500 gramm qaynatilgan lag'mon lapshasi
Quymog'iga:
2 ta tuxum
1 choy qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz
Qadam 1
Tugallandi

Barcha kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sabzavotlarni po'stini archib olamiz. Sabzini somoncha, go'shtni qayroqca, piyoz, pomidor(po'sti archilgan), sarimsoqpiyozni to'rtburchak, karam, ko'katlar va bulg'or qalampirlarini o'rtacha kattalikda to'g'rab olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tovaga yog' solib qizdiramiz va go'shtni solib biroz qovurib olamiz.

So'ng qopqog'ini yopib, past olovda biroz dimlab pishiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Go'sht biroz yumshaganidan so'ng, ustidan to'g'ralgan piyozni solib, birga qovuramiz.

Qadam 5
Tugallandi

So'ng ustidan sabzi va bulg'or qalampirlarini solib, yumshaguniga qadar qovuramiz.

Qadam 6
Tugallandi

sabzavotlar ustidan to'g'ralgan karam va ko'katlarni solamiz.

Ustidan pomidor, pomidor pastasi va soya qaylasini solib, biroz pishiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

So'ng tayyor lag'monni solib, birga biroz qovurib olamiz. Ta'bga qarab, tuz va murch sepamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tuxumli quymoq

Tuxumlarni chaqib piyolachaga solamiz va ichiga ozroq tuz, o'simlik yog'ini solib aralashtiramiz.

Tovaga ozgina yog' solib, quyumoqlarni yupqa qilib qovurib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Pishgan quymoqlarni ruletdek o'rab, so'ng yupqa to'g'rab olamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Pishgan lag'monni likopchaga solamiz va ustini to'g'ralgan piyoz va quymoq bilan bezatamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

300 gramm mol go'shti
1 bosh piyoz
1 ta qizil bulg'or qalampiri
1 ta sariq bulg'or qalampiri
1 ta yashil bulg'or qalampiri
2- 3 ta pomidor
3 bosh sarimsoqpiyoz
2 osh qoshiq pomidor pastasi
2 ta sabzi
2 osh qoshiq soya qaylasi
2-3 ta barg pekin karami
yarim bog' selderey
yarim bog' jandiq
ta'bga qarab zira
qovurish uchun o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
500 gramm qaynatilgan lag'mon lapshasi
Quymog'iga:
2 ta tuxum
1 choy qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz
oldingi
Videoretsept: Ispancha quymoq (omlet)
keyingi
Karamellangan bananlar bilan tayyorlanilgan suli yormasidan bo’tqa

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.